Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartishlar

Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllangan. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng koʻlamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy,…

Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartishlar

Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllangan. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng koʻlamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora oʻsib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning xayotbahsh kuch-qudrati natijasidir.
Fuqarolarning konstitutsiyada muhrlab qoʻyilgan davlat davlat organlari va muassasalariga, xalq vakillariga murojjat qilish huquqini taʼminlash maqsadida ommaviy uchrashuvlarda murojaatlarni qabul qilish tartib belgilangan. Konstituttsiyadagi 128 ta moddaning roppa-rosa yarmi- 64 tasini oʻzgartirish va 6 ta yangi modda qoʻshish taklif etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyixasini eʼlon qildi. Loyixada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartirish kiritish hamda 16 ta normani oʻz ichiga olgan 6 ta yangi modda qoʻshish taklif etildi.
Xususan, 13-moddada “Insonga nisbatan xuquqiy taʼsir chorasi davlat organi tomonidan koʻzlanadigan qonuniy maqsadga erishish uchun yotarli boʻlishi xamda manfaatdor shahslarga qiyinchilik tugʻdirmasligi kerak. Insonning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklar noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi” Bunday jumlalarning Konstitutsiyamizga kiritilishining oʻzi xam mamlakatimizda insonning oʻrni qadr-qimmati qanchalik yuksakligini isbotlab bermoqda. Konstitutsiyamizning 15-moddasi quyidagi norma bilan toʻldirildi: “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega boʻlib, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasining butun xududida qoʻllaniladi” mamlakatimizning qonunlari va qonun osti xujjatlari Konstitutsiyamizning moddalari asosida ishlab chiqiladi va oʻz navbatida insonlarning xuquq va erkinliklari qonun bilan ximoyalanganligini, ularning qonun oldida tengligini belgilaydi.
Shunga koʻra 20-moddada inson xuquqlarini cheklanishini tiyib turishga oid quyidagicha norma qoʻshildi: “Insonning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan va boshqa shahslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini taʼminlash uchun zarur boʻlgan doirada cheklanishi mumkin ”
Konstitutsiyaning 22-moddasiga “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas. Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi xamda rivojlanishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi” Konstitutsiyamizga kiritilayotgan xar bir oʻzgartirishning qonunning tub negizi mamlakatimizda insonlarning xuquq va erkinliklari daxlsizligini taʼminlashga, ularning manfaatlarini koʻzlab qilinayotgan qonun loyixasi ekanligini yorqin isboti sanaladi. 27-moddasida shaxsiy xayot daxlsizligiga oid normalar kuchaytirildi.
“Xar bir insonning shaxsiy xayotining daxlsiz boʻlishi, shaxsiy va oilaviy siri, oʻz shaʼni va qadr-qimmati ximoya qilinishi xuquqiga ega. Xar kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarni ximoya qilish huquqiga ega ”
Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha qonun loyixasi ishlab chiqilib jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi, qonun loyixasi xalqimizning manfaatini xuquqiy ximoyalanganligini yanada kengaytirish yuzasidan ishlab chiqilgan.

D.U.Almuratova, Viloyat sudi sudyasi

Mavzuga oid