Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Konstitutsiya-baxtimiz qomusi!

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, roʻy berayotgan barcha oʻzgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori…

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, roʻy berayotgan barcha oʻzgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jahon hamjamiyatida zamonaviy demokratik qonunchilik namunasi sifatida eʼtirof etilmoqda.
Mamlakatimizda davlatni jamiyatga, xalqqa xizmat qiluvchi institutga aylantirish, uning faoliyatini qonunlarga tayanib qurishga qattiq kirishilgan, desak xato boʻlmaydi. Fuqaro – jamiyat – davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimi Konstitutsiyadir.
Prezidentimizning “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida taʼkidlanganidek, mamlakatimizda mustaqillik yillarida Konstitutsiyamizga tayangan holda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibot, davlatimiz chegaralari daxlsizligi, jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini taʼminlash uchun muhim poydevor boʻldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy yoʻnalish va vazifalar esa Konstitutsiyada bayon etilgan demokratiya va insonparvarlik, xalqchillikka sugʻorilgan meʼyorlarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan boʻlib, Bosh qomusimizda tajassum topgan ezgu gʻoyalarni roʻyobga chiqarishning oʻziga xos mexanizmidir.
Har ikki hujjatning zamirida demokratik qadriyatlarning ustuvorligi, inson huquqlarini taʼminlash oliy qadriyat sanalishi, hokimiyatning manbai esa faqatgina xalq ekanligi kabi qoidalar turibdi. Konstitutsiyada ana shu tamoyillar konseptual jihatdan belgilangan boʻlsa, Harakatlar strategiyasida konseptual normalar ijrosini taʼminlashning izchil mexanizmi koʻrsatilgan.Ushbu mexanizmlar esa, farmonda aytilganidek, har yilgi davlat dasturlari asosida takomillashib boraveradi.

Sh.Qodirov,
Jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining devonxona mudiri

Mavzuga oid