Korruptsiya – halokatli yoʻl!
Korruptsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat turi hisoblanadi. Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan…
Korruptsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat turi hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Angor tumani soliq inspektsiyasida korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda shaxsiy tarkibga har bir soliq xodimi oʻziga yuklatilgan vazifani sidqidildan ado etishi, soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yaqindan koʻmaklashishi, kasb etikasi, ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi lozimligi hamda korruptsiyaviy huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
Shundan soʻng, tumandagi savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalaridagi tadbirkorlarga soliq xodimlari bilan bogʻliq har qanday korruptsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan murojaat qilish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati