Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Korruptsiya jamiyat kushandasi

Surxondaryo viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasida “Korruptsiya jamiyat kushandasi“ mavzuida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ Bosh direktori Maruf Shamsiddinov, prokuratura…

Korruptsiya jamiyat kushandasi

Surxondaryo viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasida “Korruptsiya jamiyat kushandasi“ mavzuida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ Bosh direktori Maruf Shamsiddinov, prokuratura va ichki Ishlar vakillari mavzu yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi. Qayd etildiki, korruptsiya bu- jamiyat rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi illatlardan biridir. Shu bois mamlakatimizda korruptsiya bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish va unga qarshi keskin kurashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni maqsadda respublikamizda qorruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilib, uning faoliyati samaradorligini oshirish uchun jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Fuqarolar korruptsiyaga duch kelganlarida tegishli davlat organlariga murojaat qilishlari va bunday holatlarni oldini olishga oʻz xissalarini qoʻshishi kerakligi alohida koʻrsatib oʻtildi.
Yigʻilishda «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Mazkur Loyihaga koʻra korruptsiya toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslarning oʻzi va yaqin qarindoshlari davlat tomonidan ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi kafolatlanadi.

Korruptsiya toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat siri hisoblanadi. Ularni oshkor etish qonunga muvofiq taqiqlanadi.

Eʼtiborli tomoni shundaki ye
korruptsiyaviy holat toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslar Vazirlar Mahkamasi tomonidan ragʻbatlantiriladi.

Tadbir davomida jamiyat ishchi xodimlarining korruptsiyaga yoʻl qoʻymasliklari boʻyicha keng tushintirish va tavsiyalar berildi.

Mavzuga oid