KORRUPTsIYa JAMIYaTNI IZDAN ChIQARADI
Mamlakat va jamiyat ravnaqiga rahna soluvchi illatlardan biri bu, shubhasiz korruptsiyadir. Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan korruptsiya holatlarining oldini olish, imkon beruvchi…
Mamlakat va jamiyat ravnaqiga rahna soluvchi illatlardan biri bu, shubhasiz korruptsiyadir.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan korruptsiya holatlarining oldini olish, imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oltinsoy, Shoʻrchi va Sariosiyo tumanlari soliq inspektsiyalari xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuvlar ham korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bagʻishlandi.
Unda tizimda kuzatilgan salbiy holatlar birma-bir tahlil qilinib, har bir xodim eng avvalo odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilgan holda oʻz vazifasini sidqidildan bajarishi, poraxoʻrlik va taʼmagirlik kabi illatlardan yiroq boʻlishi kerakligi tushuntirildi.