Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Korruptsiya-millat kushandasi

“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi” Oʻzbekiston Respublikasida…

Korruptsiya-millat kushandasi

“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi” Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Davlat dasturi” va qonunchilikda kiritilayotgan oʻzgarishlarning mazmun- mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.


Yigʻilishda dastlab “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ” AJ bosh direktori M. Shamsiddinov korruptsiya illatiga qarshi kurashish, ayni maqsada xodimlarning huquqiy madaniyatini hamda maʼnaviy-ahloqiy saviyasini oshirish ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.


Shundan soʻng, Surxondaryo viloyati prokuraturasi xodimi Q. X. Avazov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi” Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Davlat dasturi” ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Xususan, korruptsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish va aholining keng qatlamlarini xabardor qilish, huquqiy ongini oshirish, ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot ishlarini amalga oshirish lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, jamiyatimizda fuqarolarning huquq va manfaatini koʻzlab norma ijodkorligida koʻplab oʻzgarishlar boʻlayotganini alohida etirof etildi.


Yigʻilish qatnashchilari tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish borasida hamda joriy yil davomida yangi qabul qilingan qarorlar yuzasidan sabol-javoblar oʻtkazilib, xodimlarning bu boradagi tushinchalari boyitildi.

“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmati

Mavzuga oid