Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Taʼkidlash joizki, korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va…

Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Taʼkidlash joizki, korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari hamda huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda Uzun tumani soliq inspektsiyasida «Korruptsiya – taraqqiyotga toʻsiq» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda shaxsiy tarkib xodimlari oʻrtasida oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga hamda davlat va jamiyat manfaatlarini koʻzlashga toʻsqinlik qiladigan shaxsiy manfaatdorlik bilan bogʻliq har qanday harakatlardan oʻzlarini tiyishlari, poraxoʻrlik va taʼmagirlik kabi illatlardan yiroq boʻlish lozimligi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korruptsion holatlarning salbiy oqibatlari  va muqarrar jazo choralari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid