Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Korruptsiyani oldini olishga barchamiz masʼulmiz Oʻzbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonuni korruptsiyaning oldini olish va ushbu illatga qarshi keskin kurashish borasida aniq…

Korruptsiyani oldini olishga barchamiz masʼulmiz Oʻzbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonuni korruptsiyaning oldini olish va ushbu illatga qarshi keskin kurashish borasida aniq choralar koʻrilmoqda.…

Korruptsiyani oldini olishga barchamiz masʼulmiz Oʻzbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonuni korruptsiyaning oldini olish va ushbu illatga qarshi keskin kurashish borasida aniq…

Korruptsiyani oldini olishga barchamiz masʼulmiz

Oʻzbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonuni korruptsiyaning oldini olish va ushbu illatga qarshi keskin kurashish borasida aniq choralar koʻrilmoqda.


Barcha zamonlarda davlatchilik rivojiga toʻgʻanoq boʻlgan, uning ildiziga bolta urgan illat bu – korruptsiyadir. Insoniyat tomonidan ushbu illatni yoʻq qilishga qaratilgan urinishlarga qaramay, hozirgi kunda korruptsiyaning zamonaviy koʻrinishlari paydo boʻlmoqda. Shu bois, jahon hamjamiyati tomonidan ushbu illatga qarshi keskin kurash olib borilayotir.

Oʻzbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonuni korruptsiyaning oldini olish va ushbu illatga qarshi keskin kurashish borasida aniq choralar koʻrilmoqda.

Biroq masalaning yana bir tomoni ham borki, korruptsiyaga qarshi kurashishni umummilliy vazifaga aylantirmasdan turib, bu borada aniq maqsadga erishib boʻlmaydi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida bunga alohida toʻxtalib, “korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa, «halollik vaktsinasi» bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korruptsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga oʻtishimiz kerak”, deya alohida taʼkidlab oʻtdi.


Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi va «9 dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni» munosabati bilan «Hududgaz Surxondaryo» Gaz taʼminoti filialida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri tashkil etildi.


Tadbir avvalida «Hududgaz Surxondaryo» Gaz taʼminoti filialida Korruptsiyaga qarshi kurash va uning natijadorligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida filial boʻlim boshligʻi Sh.A.Boymuratov maʼlumot berib oʻtdi.
Tadbirda Korruptsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi kotibi S.B.Abduraimov va viloyat Prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi, 1-darajali yurist R.A.Ibragimovlar ishtirok etishdi va tadbir kun tartibidagi masalalar boʻyicha maʼruzalar qilishdi.


Shuningdek, tadbirda filialning faol va yosh xodimlari ham soʻzga chiqishib, fikrlarini hamda maʼruzalar uchun minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Mavzuga oid