KORRUPTsIYaNING OLDINI OLISh USTUVOR VAZIFA!
Boysun tumani soliq inspektsiyasida korruptsion holatlarning oldini olish masalalariga bagʻishlangan profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi. Soliq inspektsiyasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan mazkur tadbirda soʻnggi yillarda…
Boysun tumani soliq inspektsiyasida korruptsion holatlarning oldini olish masalalariga bagʻishlangan profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.
Soliq inspektsiyasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan mazkur tadbirda soʻnggi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish, jumladan soliq tizimini korruptsiyadan xoli tizimga aylantirish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar qayd etildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻz maʼruzalarida soliq sohasida korruptsion holatlarning oldini olish, uni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi murosasiz kurashish va bunda tizimdagi har bir rahbarning alohida oʻrni va masʼulligini taʼkidlab oʻtishdi.
Shuningdek, tadbirkorlik subʼektlari huzuriga borgan holda, soliq organlari xodimlari bilan bogʻliq har qanday huquqbuzarliklar toʻgʻrisida murojaat qilish lozim boʻlgan maxsus bot va «Ishonch telefonlari» toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati