Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Korruptsiyasiz kelajak sari

«Soliq xizmati organlarini korruptsiyadan holi tizimga aylantirish» oyligi doirasida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib hamda soliq toʻlovchilar oʻrtasida keng…

«Soliq xizmati organlarini korruptsiyadan holi tizimga aylantirish»  oyligi doirasida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib hamda soliq toʻlovchilar oʻrtasida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Termiz shahridagi savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida olib borilgan navbatdagi targʻibot tadbirlarida tadbirkorlarga soliq xodimlari bilan bogʻliq korruptsion huquqbuzarliklarga duch kelganda murojaat qilish tartibi tushuntirilib,  tarqatma materiallar taqdim etildi.

Eslatib oʻtamiz, soliq organlarida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, org@soliq.uz elektron pochtasi orqali yuborishingiz, shuningdek, Soliq qoʻmitasining 71-244-98-98 hamda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining 76-228-03-38 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid