Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Korruptsiyasiz kelajak sari! «9 dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar kuni» oʻtkazildi. Tadbirda huquq-tartibot…

Korruptsiyasiz kelajak sari! «9 dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar kuni» oʻtkazildi. Tadbirda huquq-tartibot organlari vakillari, OAV…

Korruptsiyasiz kelajak sari! «9 dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar kuni» oʻtkazildi. Tadbirda huquq-tartibot…

Korruptsiyasiz kelajak sari!
«9 dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar kuni» oʻtkazildi.
Tadbirda huquq-tartibot organlari vakillari, OAV xodimlari, blogerlar, shuningdek, tadbirkorlar va talabalar ishtirok etishdi.


Bevosita muloqotda soʻzga chiqqanlar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarga toʻxtalib, unga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qilish organlarining, balki barchamizning vazifamiz ekanligi qayd etildi.


Taʼmagirlik, pora berish va olish, maʼlum bir sovgʻa taklif etish evaziga fuqarolarning huquq va manfaatlariga qarshi harakat qilish qonuniy man etilishi, agarda mana shunday holatlar yuzaga kelsa, jinoiy javobgarlikka olib kelishi taʼkidlandi.


Shuningdek, koʻrgazmali vositalar orqali soliq tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.



Korruptsion holatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
«Ochiq eshiklar kuni» doirasida tashrif buyurganlar soliq tizimi xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Mavzuga oid