Kredit modul tizimi eng ideal ta’lim shakli
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizini 2030 yilgacha…
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizini 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan.
2020-2021 o‘quv yilining o‘zida respublikamizdagi 33 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi kredit-modul tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Mazkur oliy o‘quv yurtlarida asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Barcha kuchlar ushbu tizimni yaratishga safarbar etilyapti.
Xo‘sh, kredit-modul tizimi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimiga nimalarni beradi? Uning amaldagi ta’lim tizimidan afzalliklari nimada?
Kredit-modul tizimi – bu ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlanmasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida quyidagi asosiy masalalarga e’tibor beriladi:
talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash;
talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tushunchasi ikki so‘zdan iborat: “kredit” va “modul”.
Oliy ta’lim sohasida kredit ko‘pchilikka bank va moliya sohasi orqali tanish bo‘lgan qarzdorlik yoki moliyaviy majburiyat tushunchasini anglatmaydi. Shuning uchun oliy ta’lim sohasida kredit so‘zi ko‘pincha “akademik” so‘zi bilan birga ishlatiladi.
Uning oʻzi nima?
Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
— oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
— bitta fan, kurs (kredit)ningqiymatini aniqlash;
— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
— talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
— taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
— taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi.
Yuqoridagilar dars mashgʻulotlarini nafaqat oʻqitishni innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil oʻqib-oʻrganish, taʼlimga yangicha munosabatda boʻlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga oʻrgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yoʻnaltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini taʼminlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.
Keling, shu oʻrinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Mazkur tizimning oliy ta’limga joriy qilinishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlashiga zamin yaratadi. Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi ko‘hna qit’aning deyarli barcha oliy o‘quv yurtida amaliyotga joriy etilgan.
Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan ob’yekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil ta’lim olishiga qaratiladi.
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan boʻlib, oʻquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.
1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika taʼlimining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot “kredit soati” tushunchasini isteʼmolga kiritadi. Shunday qilib, 1870 — 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga oʻquv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.
Asrnews.uz sayti muxburi
Samadova Dinara