Lionel Messi FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FIFA 15 yanvar kuni Londonda bir qator nominatsiyalar boʻyicha 2023 yilning eng yaxshilarini taqdirladi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda. Kutilmaganda Argentina milliy jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi…
FIFA 15 yanvar kuni Londonda bir qator nominatsiyalar boʻyicha 2023 yilning eng yaxshilarini taqdirladi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
Kutilmaganda Argentina milliy jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 35 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda Erling Holand (“Manchester Siti”/ Norvegiya) va Kilian Mbappeni (“PSJ”/Frantsiya) ortda qoldirdi.
Messi oʻz faoliyatida toʻrtinchi marta ushbu mukofotni qoʻlga kiritdi, avvalroq 2022, 2019 va 2009 yillarda ushbu mukofotga sazovor boʻlgan.
Messi oʻtgan yili “PSJ” bilan Frantsiya chempioni boʻldi va “Inter Mayami” bilan Ligalar kubogini qoʻlga kiritdi. Oktyabr oyida 36 yoshli argentinalik “Oltin toʻp” sovrinining 8 karra sohibiga aylandi.
Maʼlumotlarga koʻra, Lionel Messi taqdirlash marosimida boʻlmagan. Kubok boshlovchi Terri Anriga topshirildi.
Shuningdek, ayrim OAVlar Messi va Xoland bir xil — har biri 48 tadan ovoz olgani haqida yozishmoqda. Bunda reglamentga koʻra, hammasini terma jamoa sardorlarining ovozlari soni hal qiladi, Leo esa ulardan koʻproq ovozga ega chiqqan.”