Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Mahkumlarga insonparvarlik tamoyili qoʻllanildi

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy…

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

          Xususan, joriy yilning 21 may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi raisi Avazjon Ibodov tomonidan “Keskanterak” MFYda sayyor sud majlisi oʻtkazilib, Navbahor tumani IIO Probatsiya boʻlimi hisobida turgan ikki nafar mahkumlarni, jazolarni vijdonan oʻtaganligi, ayni vaqtda tuzalish yoʻliga oʻtib, mehnatga halol munosabatda boʻlganligini inobatga olib, ularni insonparvarlik tamoyillari asosida jazodan ozod qildi.

            Bu ham sudlar tomonidan fuqarolarga jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishi va ularni ezgu maqsadlar sari olgʻa intilishlari, kelgusida bu kabi qingʻir ishlarga qoʻl urmasligi uchun yana bir bor berilayotgan imkoniyatlaridan biri hisoblanadi.     

 Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator izchil ishlar amalga oshirilishi ham bejizga emas albatta.

Avazjon Ibodov

Jinoyat ishlari boʻyicha
Navbahor tuman sudining raisi

Mavzuga oid