Maktabga kitoblar sovgʻa qilindi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan kitobxonlikni keng targʻib qilish, oʻgʻil-qizlarga kitobga mehr uygʻotish hamda har bir rahbarning oʻzi oʻqigan maktab kutubxonasiga kitob sovgʻa qilishga doir ezgu…
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan kitobxonlikni keng targʻib qilish, oʻgʻil-qizlarga kitobga mehr uygʻotish hamda har bir rahbarning oʻzi oʻqigan maktab kutubxonasiga kitob sovgʻa qilishga doir ezgu tashabbusiga binoan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali direktori Maʼrufjon Shamsiddinov oʻzi tahsil olgan Boysun tumani “Munchoq” mahallasidagi 37-maktabga oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat kitoblar jamlamasini sovgʻa qildi.

Har bir inson kamolotida oʻqituvchi-murabbiylarning oʻrni beqiyosdir. Shu bois, Maʼrufjon Shamsiddinov maktab jamoasiga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatib,
oʻz navbatida ilm dargoxida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bunday xayrli tashabbus joylarda tobora keng quloch yozib, oʻsib kelayotgan yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularning tafakkur olamini boyitish va ijtimoiy hayotning faol aʼzolari boʻlib yetishishlariga katta turki berishi shubhasiz.
