MAMLAKATIMIZDA STOL TENNISI OMMALAShMOQDA
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi mutaxassislari Surxondaryoda boʻlib, viloyatning shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan stol tennisi toʻgaraklari murabbiylari bilan uchrashdi. Unda federatsiya rahbariyati tomonidan belgilab…
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi mutaxassislari Surxondaryoda boʻlib, viloyatning shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan stol tennisi toʻgaraklari murabbiylari bilan uchrashdi.
Unda federatsiya rahbariyati tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, stol tennisini yoshlar orasida yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlab ularni katta musobaqalarga jalb etish va tayyorlash kabi masalalar yuzasidan murabbiylarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, murabbiylarga «Soliq qoʻmitasi raisi kubogi» uchun Respublikamizning barcha mahallalarida tashkil etilayotgan stol tennisi musobaqalarini yuqori saviyada oʻtishini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, 2021 yilda Surxondaryoda stol tennisi toʻgaragida 320 nafar yoshlar sportni bu turi bilan shugʻullangan boʻlsa, viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Erkin Narmanov viloyat stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylangandan soʻng sportning bu turini rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor natijasida bugungi kunga kelib stol tennisi toʻgaragi qatnashchilari soni 1 ming 500 nafardan oshdi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati