Margʻilonda “bogʻcha” tarbiyachisi bolalarni kaltakladi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi 37-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida xodim yosh bolalarni kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga…
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi 37-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida xodim yosh bolalarni kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur voqea boʻyicha muassasa rahbariyati tomonidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilingan.
Shu yilning 3-avgust kuni Margʻilon shahar IIB tomonidan taʼlim tashkiloti tarbiyachilari – X.T. va M.R.ga nisbatan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Margʻilon shahar sudiga yuborilgani maʼlum boʻlgan. Sud fuqaro X.T.ga nisbatan qoʻllanilgan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga oid qismini mazkur kodeksning 271-moddasi 1-qismiga asosan tugatgan.
“Huquqbuzar M.R. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan jarima jazosi tayinlanganini bildiramiz”, deyiladi xabarda.