Markaziy Osiyoda gʻayritabiiy noyabr iliqligi kuzatilmoqda
NOyabr oyi Markaziy Osiyo uchun gʻayritabiiy iliq keldi. Bu haqda “Oʻzgidromet” yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov maʼlum qilmoqda. Jumladan, kecha, 17-noyabr kuni Turkmaniston va Oʻzbekistonda +31°S issiq harorat…
NOyabr oyi Markaziy Osiyo uchun gʻayritabiiy iliq keldi. Bu haqda “Oʻzgidromet” yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov maʼlum qilmoqda.
Jumladan, kecha, 17-noyabr kuni Turkmaniston va Oʻzbekistonda +31°S issiq harorat roʻyxatga olingan.
Kecha Qozogʻistonning dengiz sathidan 600 m balandligida ham +27,3°S, Tojikistonning 1015 metr balandligida esa +26.5°S harorat qayd etilgan.
Tungi minimum haroratlar yanada hayratlanarli. Turkmanistonning Saragt punktida noyabrda tungi minimum qariyib +22°S kuzatilgan.
Hozir ham Oʻzbekistonning koʻplab shaharlarida shu kun uchun xos tungi minimum harorat rekordlari yangilanmoqda. Yaʼni tonggi soat 5:00da respublikaning markaziy shaharlari va poytaxtda tungi minimum haroratlar +20°S va undan yuqori kuzatilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Samarqand va Toshkentda tarixdagi eng issiq 16-noyabr kuzatilgani xabar qilingan edi.