Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish 3000 foizga oshdi 2023 yilning yanvaridan 5 dekabriga qadar Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanganlar soni 2022 yildagi 909 tadan 30 601 nafarga…

Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish 3000 foizga oshdi 2023 yilning yanvaridan 5 dekabriga qadar Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanganlar soni 2022 yildagi 909 tadan 30 601 nafarga yetdi. Kasalliklar soni…

Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish 3000 foizga oshdi

2023 yilning yanvaridan 5 dekabriga qadar Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanganlar soni 2022 yildagi 909 tadan 30 601 nafarga yetdi. Kasalliklar soni 3266 foizga oshdi. Bu haqda UNICEF xabar berdi.
2023 yil oktyabrdan noyabrgacha Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish deyarli ikki baravarga oshgan. Immunitet zaifligi sababli mintaqada kasallanishlar soni ortib bormoqda.

UNICEF’ning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori ReGina De Dominichisning soʻzlariga koʻra, emlash qamrovi kamayishining qizamiq bilan kasallanish holatlari koʻpayishidan aniqroq alomat yoʻq.
“Bu keskin oʻsish bolalarni ushbu xavfli va halokatli kasallikdan himoya qilish uchun shoshilinch eʼtibor va sogʻliqni saqlash choralarini talab qiladi”, deydi u.
Qizamiq bolalar salomatligiga halokatli taʼsir koʻrsatadi, baʼzan esa oʻlimga olib keladi. Bu bolalar immun tizimining uzoq muddatli zaiflashishiga olib keladi va ularni boshqa yuqumli kasalliklarga, shu jumladan pnevmoniyaga nisbatan zaifroq qiladi.

UNICEF’ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, qizamiq bilan kasallanishning eng yuqori darajasi Qozogʻistonda qayd etilgan: har 100 ming aholiga 69 ta yoki 13 254 ta holat. Qizamiq bilan kasallanish boʻyicha Qirgʻiziston ikkinchi oʻrinda turadi: har 100 000 aholiga 58 ta, yaʼni 3811 ta holat. Oʻtgan hafta milliy epidemiyani eʼlon qilgan Ruminiyada 100,000 kishiga 9,6 ta, jami 1 855 ta holat mavjud.
Qizamiq bilan kasallanishning koʻpayishi butun mintaqada emlanish qamrovining pasayishi bilan bogʻliq.

Vaziyatning yomonlashishiga olib keluvchi omillar orasida vaktsinalarga boʻlgan talabning pasayishi, qisman notoʻgʻri maʼlumotlar va COVID-19 pandemiyasi davrida va undan keyin kuchaygan ishonchsizlik, sogʻliqni saqlash xizmatlarining uzilishi hamda birlamchi tibbiy yordam tizimlarining zaifligi kiradi.

Oxirgi statistikalarga koʻra, 2019-2021 yillar oraligʻida Yevropa va Markaziy Osiyoda 931 mingga yaqin bola muntazam emlashdan butunlay yoki qisman oʻtib ketgan. Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiqqa qarshi emlashning birinchi dozasi 2019 yildagi 96 foizdan 2022 yilda 93 foizga kamaydi.

Mavzuga oid