Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Mening mahallam – mening sudyam

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov hamda Navoiy viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi S.Abdurasulov tomonidan 2021 yil 24 iyunda Nurota tumani Gʻazgʻon shahri, “Marmarabod” mahallasi…

Mening mahallam – mening sudyam

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov hamda Navoiy viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi S.Abdurasulov tomonidan 2021 yil 24 iyunda Nurota tumani Gʻazgʻon shahri, “Marmarabod” mahallasi tadbirkorlik subʼektlari va fuqarolar bilan “Mening mahallam – mening sudyam” gʻoyasi asosida mavjud muammolarni oʻrganish yuzasidan ochiq muloqot uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda, Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-sonli Farmonining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushintirishlar berildi.

Xususan, Navoiy viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi S.Abdurasulov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining maqsadi, undagi asosiy tushunchalar, yaʼni korruptsiya shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik korruptsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish, manfaatlar toʻqnashuvi shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat ekanligi haqida, korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi toʻgʻrisida, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taʼminlash ekanligi toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtdi.

        Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi

Mavzuga oid