Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni tongda ikkinchi “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida ishtirok etish uchun…
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni tongda ikkinchi “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi.