Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Mirziyoyev Erdoʻgʻan bilan qoʻngʻiroqlashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 31 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti maʼmuriyati aloqa boʻlimining ijtimoiy tarmoqlardagi…

Mirziyoyev Erdoʻgʻan bilan qoʻngʻiroqlashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 31 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti maʼmuriyati aloqa boʻlimining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qilindi.

“Suhbat chogʻida Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, global va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Erdoʻgʻan Mirziyoyevga Turkiyada demokratik yetuklik bilan oʻtkazilgan mahalliy saylovlar bilan tabriklagani uchun minnatdorlik bildirgan.

Turkiya Prezidenti maʼmuriyati aloqa boʻlimining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Erdoʻgʻan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan ham telefon orqali muloqot qilgani maʼlum qilingan.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 31 mart kuni Turkiyada munitsipal saylovlar boʻlib oʻtgandi. Ovoz berish natijalarini eʼlon qilish vakolatiga ega boʻlgan TRT davlat telekanalining soʻnggi maʼlumotlari Erdoʻgʻanning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi soʻnggi 20 yil ichida ilk bor munitsipal saylovlarda asosiy muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasiga magʻlub boʻlganini koʻrsatmoqda.

Mavzuga oid