Mirziyoyev Erkin Tuniyaz bilan «Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy» temiryoʻli loyihasini muhokama qildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining…
Mirziyoyev Erkin Tuniyaz bilan «Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy» temiryoʻli loyihasini muhokama qildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom…
Mirziyoyev Erkin Tuniyaz bilan «Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy» temiryoʻli loyihasini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Oʻzbekiston va Xitoyning koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish, shu jumladan Oʻzbekiston hududlari va ShUAR oʻrtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni bilan tovar ayirboshlashi oshmoqda – bugungi kunda mamlakatlar oʻzaro savdosining qariyb 10 foizi shu hududga toʻgʻri keladi.
ShUARning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalari portfeli 3,5 milliard dollarni tashkil etib, bugungi kunda «yashil» energetika va elektrotexnika, qurilish tarmogʻi va yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish, metallurgiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yoʻnalishlarni qamrab oladi.
Madaniy almashinuvlar dasturi faol amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbari ShUAR bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni jadallashtirish muhimligini taʼkidlagan.
Innovatsion texnologiyalar, qishloq va suv xoʻjaligi, transport va logistika, bank-moliya sohasi, taʼlim, anʼanaviy tibbiyot kabi bir qator ustuvor yoʻnalishlar koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston har yili Urumchi shahrida oʻtkazib kelinayotgan «Ekspo Xitoy-Evroosiyo» bosh koʻrgazmasida faol ishtirok etishi qayd etildi. Uchrashuvda gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.
«Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy» temiryoʻlini qurish loyihasini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Eslatib oʻtamiz, oldinroq Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ham uchrashgan edi.