Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Mirzo Ulugʻbek – buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida oʻzbek xalqining buyuk qomusiy olimi, Temuriylar davlatining mashhur hukmdori Muhammad Taragʻay Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil…

Mirzo Ulugʻbek – buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida oʻzbek xalqining buyuk qomusiy olimi, Temuriylar davlatining mashhur hukmdori Muhammad Taragʻay Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda buyuk bobokalonimizning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, ulkan bunyodkorlik ishlari, boy ilmiy-maʼrifiy merosi hamda jahon ilm-fani rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

  • Mirzo Ulugʻbek oʻz avlodlariga astronomiya, matematika, geografiya, tarix, tibbiyot, adabiyot, davlat boshqaruvi asoslariga oid asarlar qoldirgan buyuk entsiklopedik olim hisoblanadi, – deydi Termiz davlat universiteti katta oʻqituvchisi, Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Qahramon Toshaliyev.
  • Buyuk alloma Samarqand shahridagi oʻzi bunyod ettirgan rasadxonada amalga oshirgan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlari va kashfiyotlari bilan jahon astronomiya fanining rivojida tub burilish yasadi.
  • Ulugʻ vatandoshimizning “Ziji jadidi Koʻragoniy” asari hozirgi paytda ham yulduzlar ilmi sohasida dunyodagi eng buyuk asarlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Uning boy ilmiy-maʼrifiy merosi hamda insonparvarlik gʻoyalarini oʻrganish va targʻib qilish har birimizning burchimizdir.

Mavzuga oid