Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Moʻgʻuliston prezidenti Koʻksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni Koʻksaroy qarorgohida kutib oldi 23 iyun kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tashrifning ertasi kuni Koʻksaroy…

Moʻgʻuliston prezidenti Koʻksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni Koʻksaroy qarorgohida kutib oldi

23 iyun kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tashrifning ertasi kuni Koʻksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati marosim aks etgan suratlarni eʼlon qildi.

Uchrashuv vaqtida qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Eslatib oʻtamiz, ikki tomon Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ham koʻrib chiqiladi. Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.

Mavzuga oid