Muftiy hazrat “Ummat oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan Mir Arab madrasasining 500 yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjumanda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Shimoliy Kavkaz musulmonlarini…
Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan Mir Arab madrasasining 500 yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjumanda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi raisi, muftiy Shayx Ismoil Berdiyev tomonidan “Ummat oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandilar. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Maʼlumot oʻrnida “Ummat oldidagi xizmatlari uchun” ordeni Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan 2007 yilda taʼsis etilgan. Mazkur orden bilan Islom dinining ravnaqi va musulmonlar hamjamiyatini mustahkamlash ishiga salmoqli hissa qoʻshgan din peshvolari, diniy muassasa rahbarlariga taqdim etiladi.