MUROJAAT, MULOQOT VA YeChIM!
Angor tumanining “Sharq guli” mahallasida Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Erkin Narmanov hamda tuman hokimi Shohjaxon Abdullayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.Unda fuqarolarning gaz taʼminoti,…
Angor tumanining “Sharq guli” mahallasida Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Erkin Narmanov hamda tuman hokimi Shohjaxon Abdullayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.Unda fuqarolarning gaz taʼminoti, imtiyozli kredit olish, yoʻllarni taʼmirlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, moddiy yordam, toza ichimlik suvi hamda ishga joylashish kabi masalalar bilan bogʻliq 80 dan ortiq murojaatlari tinglandi. – Imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildim, – deydi fuqaro Turdixol Aliyeva. Menga 30 million soʻm miqdorida kredit ajratiladigan boʻldi. Endilikda tikuvchilik yoʻnalishida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyib, oʻzimning va ikki nafar mahalladoshlarimning bandligini taʼminlayman.Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Vaqt, mablagʻ va oʻrganishni talab qiladigan masalalar boʻyicha esa mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Sektor rahbari tomonidan joylarda oʻtkazib kelinayotgan bu kabi uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad, eng avvalo muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va aholining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishishdir. Jumladan oʻtgan 2021 yilda sayyor qabullar va aholi bilan bevosita muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish hamda 4-sektor rahbari tashabbusi bilan hududda istiqomat qilib kelayotgan aholiga munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida koʻplab ishlar amalga oshirildi.
,Xususan Angor tumanining 4-sektorga biriktirilgan mahallalardagi 1124 ta oilaga turli koʻrinishdagi moddiy yordamlar koʻrsatilib, 404 ta oilaning doimiy daromad manbai shakllantirildi. Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash maqsadida koʻchalarga tosh-shagʻal yotqizilib, yoʻllar asfalt qilindi. 36 ta yangi elektr ustunlari va 2 ta yangi transformator oʻrnatilib, 4 tasi joriy taʼmirdan chiqarildi. 12 kilometr masofaga gaz quvuri tortildi…
Bu kabi raqamlarni uzoq davom ettirish mumkin. Ammo maqsad qilingan ishlarni sarhisob qilish emas, aksincha oʻtkazilayotgan har bir sayyor qabul, “mahallabay” va “xonadonbay” oʻrganishlar natijasi tahlil qilinib, muammolalar birin-ketin hal etilishi va xalqning roziligiga erishish yoʻlidagi izchil ishlar muntazam tarzda amalga oshirilishini taʼkidlab oʻtishdir.
Curxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati