Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar omili
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar» mavzusida seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda Tsingapurning «Marshall Cavendish Education» tashkiloti hamkorligida maktab direktorlari va…
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar» mavzusida seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda
Tsingapurning «Marshall Cavendish Education» tashkiloti hamkorligida maktab direktorlari va oʻqituvchilar malakasini oshirish, maktablar oʻquv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish maqsadida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida kaskad usulida seminar-treninglarning uchinchi bosqichi oʻz ishini boshladi.
Treninglarning maqsadi maktab direktorlarining menejerlikka oid bilim va koʻnikmalarini, liderlik xususiyatlarini, boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish koʻnikmalarini rivojlantirish hamda matematika va tabiiy fan oʻqituvchilarining xalqaro taʼlim dasturlariga oid bilim va koʻnikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat
24 avgust kuniga qadar davom etadigan treninglarda 961 nafar maktab direktori, 1 ming 827 nafar matematika va tabiiy fanlar yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi pedagoglar ishtirok etadilar.