Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Muxbir Daliyev qayerda saqlanayotgani maʼlum boʻldi

Muxbir Xurshid Daliyev qayerda saqlanayotgani maʼlum boʻldi. U Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybli deb topilib, 7 yilga qamalgandi. Bugun.uz manbasiga koʻra, Kompromatuzb Telegram-kanali sobiq administratori Xurshid…

Muxbir Daliyev qayerda saqlanayotgani maʼlum boʻldi

Muxbir Xurshid Daliyev qayerda saqlanayotgani maʼlum boʻldi. U Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybli deb topilib, 7 yilga qamalgandi.
Bugun.uz manbasiga koʻra, Kompromatuzb Telegram-kanali sobiq administratori Xurshid Daliyev Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Tovoqsoy” nomi bilan tanilgan №64/3 sonli axloq tuzatish koloniyasiga joʻnatilgan.

Shu yilning yanvar oyi oxirlarida fuqaro I.A. kelib tushgan murojaatga asosan, Human.uz saytining direktori Xurshid Daliyev va boshqa shaxslarning telegram messenjeridagi Kompromatuzb va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi.

Maʼlumot uchun, ushbu moddaga koʻra tovlamachilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, jinoyatni amalga oshirganlar besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga oid