Muzrabot va Jarqoʻrgʻon gaz toʻldirish shahobchalariga press-tur tashkil etildi
Surxondaryoda isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash borasidagi ishlar yuzasidan press tur oʻtkazildi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan tashkil etilgan press turda tizim mutaxassislari,…
Surxondaryoda isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash borasidagi ishlar yuzasidan press tur oʻtkazildi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan tashkil etilgan press turda tizim mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, davlat, nodavlat tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan gaz taʼminotini yaxshilash choralari koʻrilib, eskicha usulda ishlashning har qanday shakllaridan toʻlaligicha voz kechilyapti. Tizim tasarrufidagi tashkilot hamda korxonalar faoliyatini tubdan yaxshilash mexanizmlari tobora oʻzgarib boryapti. Jumladan, aholiga suyultirilgan hamda tabiiy gazni oʻz vaqtida yetkazib berish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, gaz quvurlarini mukammal taʼmirlash dasturlarini muddatida bajarish va gaz taqsimlash punktlarining namunaviy holatdaligini doimiy nazorat qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga qilgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga asosan 2016 yilda Muzrabot tumani “Yangi diyor” mahallasi xududida oylik quvvati 840,0 tonnaga teng boʻlgan suyultirilgan gaz toʻldirish shaxobchasi (GTSh) qurib bitkazilgan. Ushbu GTSh orqali bugungi kunda viloyatning Angor, Termiz, Muzrabot va Sherabod tumanlari aholisiga xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Bundan tashqari gaz toʻldirish shaxobchasi xududida maishiy gaz ballonlarni sinovdan oʻtkazish xamda taʼmirlash markazi ish olib bormoqda.
Shaxobchada 16 nafar malakali muxandis va texnik xodimlar faoliyat yuritayongan boʻlib. Ishchi xodimlarga qulay ish sharoitini yaratish maqsada shu yerning oʻzida ovqatlanish dam olish va yuvinish xonalari mavjud.
“Jarqo’rg’ontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimida ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish boʻyicha bir qancha yangiliklar amalga oshirilmoqda. Ayni damda tumandagi jami mahallalar soni 65 tani tashkil etadi. Tabiiy gaz isteʼmolchilari 3812 ta, suyultirilgan gaz isteʼmolchilari soni esa 42735 tadan iborat.
Endilikda suyultirilgan gaz isteʼmolchilar uchun gaz taʼminoti toʻlovlarini ID-kartalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilmoqda Yaʼni, fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan bankka borib karta ochishi va unga pul oʻtkazishi mumkin. Gaz yetkazib berish xizmat mashinalariga esa ushbu kartadan pul yechib oluvchi apparatlar oʻrnatilgan. Shuningdek, ID-karta balansini uyali aloqa vositasi orqali kuzatib borish imkoniyati ham mavjud.
Maʼlumot uchun, isteʼmolchilar suyultirilgan gaz ballonlarini qabul qilganda suyultirilgan gazning belgilangan sifatda va hajmda yetkazib berilishini talab qilish, gaz miqdorini nazorat tarozilarida oʻlchab koʻrish, belgilangan miqdorda boʻlmagan suyultirilgan gazni olishdan bosh tortishga qonuniy haqqi bor.
Bugungi kunda har bir sohada uchrashi mumkin boʻlgan ovoragarchiliklarni bartaraf etib, aholi uchun imkon qadar sodda va sifatli qulayliklarni yaratish, samarali xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish har bir tarmoq oldida turgan ustuvor masala.