Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Muzrabotda aliment puli ixtiyoriy oldindan toʻlandi

Majburiy ijro byurosi Muzrabot tuman boʻlimi ish yurituvidagi aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatiga koʻra tumanda yashovchi J.Toʻrayev 2015 yil mart oyidagi sud hujjatiga asosan bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun…

Muzrabotda aliment puli ixtiyoriy oldindan toʻlandi

Majburiy ijro byurosi Muzrabot tuman boʻlimi ish yurituvidagi aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatiga koʻra tumanda yashovchi J.Toʻrayev 2015 yil mart oyidagi sud hujjatiga asosan bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.Aliment toʻlovchi ota oʻz tashabbusi bilan aliment toʻlovlarini oldindan toʻlash imkoniyati borligini va aliment miqdorini hisoblab berishlarini soʻrab Byuro organlariga murojaat qildi.

Shundan soʻng, oila vakillari ishtirokida farzandining 18 yoshgacha boʻlgan aliment miqdori hisoblab berildi va taraflar oʻzaro kelishgan holda 31 million 175 ming soʻm oldindan toʻlab berildi.Xuddi shuningdek, tumanda yashovchi yana bir qarzdor ota I.Joʻrayev turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro kelishgan holda 2 nafar farzandlarining moddiy taʼminoti uchun 30 million soʻm aliment puli oldindan naqd toʻlab berdi va undiruvchilarning arizasiga asosan ijro hujjatlari muddatidan oldin tugatilib, qarzdorlarga nisbatan qoʻllanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

Aliment toʻlovchi otalardan biri shunday deydi: Men farzandimni kelajagi uchun oz boʻlsa-da oʻz hissamni qoʻyishga harakat qildim. Ming afsuski, oilam mustahkamligini saqlab qololmadim. Ammo farzandim uchun borimni berishga tayyorman va doimo uning holidan xabar olib turaman bu mening otalik burchim.Albatta, ota boʻlishlikning oʻz masʼuliyati bor. Afsuski, farzandlar tarbiyasiga beeʼtibor munosabatda boʻlayotgan, aliment toʻlovlaridan boʻyin tovlab yurgan ota-onalar ham oz emas.

Shu kabi aliment toʻlovlaridan boʻyin tovlab kelgan 3 nafar qarzdor otalarga nisbatan Byuroning tuman boʻlimi tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudida atroflicha koʻrib chiqilib, qarzdorlarga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Yusuf Karimov,Byuroning Muzrabot tuman boʻlimi davlat ijrochisi.

Mavzuga oid