Namanganda Turkiya tajribasi asosida yirik oltin markazi ishga tushiriladi
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. Maʼlum qilinishicha,…
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Namanganda mavjud salohiyat toʻliq ishga solinmayotgani uchun masʼul komplekslar va viloyatdagi rahbarlar tanqid qilindi.
Yurtimizda qazib olinayotgan oltinni atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yoʻgʻi 78 million dollarlik eksport boʻlayotgani qayd etildi.
Prezident kecha tanishgan zargarlik korxonasini misol qilib, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun juda katta salohiyat borligini taʼkidladi.
Shu bois, tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinadi. Sohaga xomashyo yetkazish, mutaxassis tayyorlash, ishlab chiqarish zanjiri va sotish tizimi butunlay qayta koʻrib chiqiladi.
Mutasaddilarga Turkiya tajribasi asosida Namanganda oltinni qayta ishlash va sotish boʻyicha yirik markazni ishga tushirish topshirildi.