Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov tomonidan uchrashuv oʻtkazildi

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov hamda Jinoyat ishlari boʻyicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahhorovlar tomonidan 2021 yil 22 iyunda Majburiy ijro byurosi Konimex tuman boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv…

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov hamda Jinoyat ishlari boʻyicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahhorovlar tomonidan 2021 yil 22 iyunda Majburiy ijro byurosi Konimex tuman boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda, Navoiy viloyat sudi Rayosatining 2021 yil 20 apreldagi “Ijro organi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning 8,24-moddalariga asosan sudlarga qaytarilgan ijro hujjatlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish va qaytarish asoslarini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida”gi RS-30-21-sonli qarori qabul qilinganligini maʼlum qilib, mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash boʻyicha barcha sudlar masʼulligini, qolaversa barcha tuman Majburiy ijro byurolari xodimlari ham masʼul ekanligini taʼkidladi.
Xususan, Navoiy viloyat sudi Rayosatining 2021 yil 20 apreldagi RS-30-21-sonli qarori ijro uchun tuman (shahar) sudlariga yuborilganligini maʼlum qilib, 2021 yil 1 yanvardan 2021 yil
1 apreliga qadar boʻlgan davrda davlat ijrochilari tomonidan sudlarga Qonunning 8,24-moddalariga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilganligi, oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasiga koʻra, 24.624.677.918 soʻm miqdordagi 2.275 ta ijro hujjatlari davlat ijrochilari tomonidan qaytarilganligi aniqlanganligi, jumladan jinoyat ishlari boʻyicha Konimex tuman sudining 2.216.894 soʻm yoki 00,8 foiz miqdoridagi 3 ta yoki 0,7 foiz fuqarolik ishlari boʻyicha Navbahor tumanlararo sudining 2.133.447.312 soʻm yoki 12,6 foiz miqdoridagi 256 ta yoki 15,0 foiz ishlari qaytarilgan, bu holat Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudida ham mavjudligi yaʼni 875.985.689 soʻm yoki 17,9 foiz miqdordagi 4 ta yoki 3,7 foiz ijro hujjatlari qaytarilganligini maʼlum qilib oʻtildi.
Shuningdek Majburiy ijro byurosi Konimex tuman boʻlimi boshligʻi soʻzga chiqib, yuqorida aytib oʻtilgan kamchiliklar yaʼni Qonunning 8,24-moddalari asosida qaytarilgan ijro varaqalarini qaytarish asoslari yuzasidan qisqacha tushuntirish berib, kelgusida ijro uchun qabul qilinayotgan ijro hujjatlari yuzasidan nazorat kuchaytirilishi va Qonunning 8,24-moddalari asosida qaytarilayotgan ijro varaqalarini asossiz ravishda qaytarishga yoʻl qoʻymaslik, oʻz vaqtida ijrosi taʼminlanishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari yuzasidan barcha zaruriy choralar koʻrishligini bildirib oʻtildi.

Navbahor tumanlararo
iqtisodiy sudi devonxona mudiri Mirzayev Shavkat Salimovich

Mavzuga oid