Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Navoiyda behayo saytga kirgan 405 fuqaro 142 mln soʻmga chuv tushishdi

31 yoshli gumonlanuvchi shaxs behayo saytlarga kirgan 405 nafar fuqarolarni chuv tushirgani aniqlandi. Bu haqda “Markaziy studiya” koʻrsatuvining xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu soxta ilovaga kirgan fuqarolarga…

Navoiyda behayo saytga kirgan 405 fuqaro 142 mln soʻmga chuv tushishdi

31 yoshli gumonlanuvchi shaxs behayo saytlarga kirgan 405 nafar fuqarolarni chuv tushirgani aniqlandi. Bu haqda “Markaziy studiya” koʻrsatuvining xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu soxta ilovaga kirgan fuqarolarga sayt ekranida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimidan bildirishnoma koʻringan. Mazkur bildirishnoma gumonlanuvchi shaxs tomonidan quyidagicha yozilgan.

“Siz Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi bilan taqiqlangan materiallar yaʼni pedofiliya, zoʻravonlikni targʻib qilish elementlariga ega boʻlgan pornografiya materaillari mavjud boʻlgan saytlarga tashrif buyurganingiz uchun blokirovka qilindingiz. Blokirovkani olish uchun siz ushbu davlat kartasiga 350 ming soʻm miqdorida jarima toʻlashingiz lozim”.
Natijada fuqarolar davlat kartasi deya taʼkidlangan ushbu shaxsning kartasiga pul oʻtkazib berishga majbur boʻlgan. Gumondor esa soxta ilovaga tanishining karta raqamini kiritgan va maʼlum muddatdan keyin yana boshqa karta raqami bilan almashtirgan. Sababi kartalarga katta miqdorda pul mablagʻlari tushavergach, shubha ugʻotmaslik uchun yangi kartalarni kiritib borgan.

Natijada fuqarolardan 5 kun ichida 142 mln soʻm miqdorida pul kelib tushgan.
Hozirda gumondor shaxs aniqlanib, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid