Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Navoiyda ham 10 nafar «koʻcha bolasi» qoʻlga olindi

Navoiy viloyatida davom etayotgan «Dolzarb qirq kunlik» tezkor-profilaktik tadbirlari davomida yana 10 kishi qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, tadbir doirasida huquq-tartibot…

Navoiyda ham 10 nafar «koʻcha bolasi» qoʻlga olindi

Navoiy viloyatida davom etayotgan «Dolzarb qirq kunlik» tezkor-profilaktik tadbirlari davomida yana 10 kishi qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tadbir doirasida huquq-tartibot organlari tomonidan «Mexrik» laqabi bilan tanilgan, 1991 yilda tugʻilgan Mehriddin Allayorov, 1995 yilda tugʻilgan Umid Toʻrayev va ularning 8 nafar jinoiy sherigi qoʻlga olingan.
Ular oʻz atrofiga sportchi va jismonan baquvvat shaxslarni toʻplab, zoʻravonlik, bezorilik, kuch ishlatish, firibgarlik va tahdid orqali pul mablagʻlarini qonunga xilof rafishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullanib kelgan.

«Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda», deyiladi rasmiy xabarda.
Navoiy viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlangan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolardan viloyat IIBning 79-229-50-22, 79-229-50-23 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilishlarini soʻraydi.

Maʼlumot taqdim etgan insonlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Bundan oldin Toshkent shahrida «Salimboy», «Baxti Tashkentskiy», «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan jinoyat olami vakillari qoʻlga olingandi. Shundan respublika miqyosida «koʻcha bolalari»ga qarshi ov boshlanib ketdi.
Navoiy «koʻcha bolalari»

Mavzuga oid