Navoiyda masjiddagi ehson qutilaridan salkam 5 million soʻm oʻgʻirlab ketildi
Navoiy viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Karmana tumanida masjiddagi ehson qutilaridan pul oʻgʻirlagan yigit ushlandi. Maʼlum qilinishicha, oʻgʻirlikni Nurota tumanida yashovchi 27 yoshli yigit qilgan. U 2023 yil 9…
Navoiy viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Karmana tumanida masjiddagi ehson qutilaridan pul oʻgʻirlagan yigit ushlandi.
Maʼlum qilinishicha, oʻgʻirlikni Nurota tumanida yashovchi 27 yoshli yigit qilgan. U 2023 yil 9 dekabr kuni tunda Karmana tumani markazidagi Qosim-Shayx masjidiga panjara osha kirib, u yerdagi 5 dona ehson qutisini buzib ochgan hamda ichidagi pullarni olib ketgan.
Yigitdan ehson qutilaridan oʻgʻirlangan 4 million 669 ming soʻm pullar hamda daliliy ashyolar rasmiylashtirib olingan. Oʻtkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida yigit 2023 yilning 25 noyabridan 9 dekabrigacha Nurota va Karmana tumanlaridagi bir nechta masjidda ehson qutilaridan pullarni oʻgʻirlab kelgani maʼlum boʻlgan.