Nimalar taqiqlanadi? Bogʻcha va maktablarda yangi yil bayramini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar eʼlon qilindi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bogʻcha hamda maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini…
Nimalar taqiqlanadi? Bogʻcha va maktablarda yangi yil bayramini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar eʼlon qilindi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bogʻcha hamda maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha…
Nimalar taqiqlanadi? Bogʻcha va maktablarda yangi yil bayramini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar eʼlon qilindi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bogʻcha hamda maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalarini eʼlon qildi.
Unga koʻra bayramni nishonlash bahonasida oʻquvchi va pedagoglarning noqonuniy pul yigʻishi, Yangi yilni restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida nishonlash, taʼlim tashkiloti rahbariyati hamda pedagog xodimlarining bayram munosabati bilan oʻquvchilar, ularning ota-onalaridan sovgʻalar olishi taqiqlanadi.
Shuningdek, bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shoxlarini sindirish yoki ularni boshqa joyga koʻchirish – oʻquvchilarning turli xil pirotexnik vositalarni olib kelishi hamda ulardan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, foye, faollar yoki sport zallarini va muassasa hududini bayramona bezatish, yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida bayramga bagʻishlab turli koʻrik-tanlovlar tashkil etish, oʻquvchilar tomonidan yangi yil bayrami bilan bogʻliq turli xil ertaklar hamda sahna koʻrinishlarini tashkil etish tavsiya etiladi.