Noqonuniy kesilgan har bir daraxt oʻrniga 100 ta koʻchat ekish tizimi joriy qilinadi Shuningdek, Ohangaron va Yangiyoʻldagi sobiq chiqindi poligonlari hududida “yashil bogʻlar” tashkil qilish boshlanadi.
Yigʻilishda davlat rahbari ekologiya sohasidagi dolzarb masalalarni ham tahlil qildi. Qayd etilishicha, kelgusi besh yil davomida Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyati tumanlarini toʻliq yashillik bilan qoplashni nazarda…
Yigʻilishda davlat rahbari ekologiya sohasidagi dolzarb masalalarni ham tahlil qildi.
Qayd etilishicha, kelgusi besh yil davomida Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyati tumanlarini toʻliq yashillik bilan qoplashni nazarda tutuvchi kamida 3 ming gektar “yashil belbogʻ” va 200 gektar “yashil bogʻlar” tashkil qilinadi.
Yirik qurilish materiallari, energetika, metallurgiya korxonalari tomonidan 5 gektardan “yashil belbogʻ” yaratib, jami 10 million tup daraxt ekish tashkil etiladi.
Qurilish korxonalari ham ijtimoiy masʼuliyatni his qilgan holda, Toshkentda “yashil belbogʻlar” tashkil qilishi kerakligi taʼkidlandi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga “noqonuniy kesilgan har bir daraxt oʻrniga 100 ta koʻchat ekish” tizimini joriy qilish topshirildi.
Ohangarondagi 23 gektar va Yangiyoʻldagi 37 gektarda joylashgan sobiq chiqindi poligonlari hududida “yashil bogʻlar” tashkil qilish boshlanadi.
Suvga zararli tashlanmalarni oqizayotgan va oʻzidan zararli chiqindilarni koʻp chiqarayotgan korxonalar bilan ishlash boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.
Shuningdek, Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va iqlim oʻzgarishi vazirligiga hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga:
– joylarda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha har bir tuman va shaharning “master-reja”sini ishlab chiqish;
– yil yakunida hudud va tarmoqlarning ekologik reytingi va ekologik pasportini eʼlon qilib borish topshirildi. Natijalari boʻyicha hokimlar aholiga murojaat qilishi belgilandi.
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlari hamda sanoatlashgan 20 ta tumanda avtomatik havo monitoringi stantsiyalarini oʻrnatishni boshlash vazifasi qoʻyildi.
Yil yakuniga qadar 112 ta yirik sanoat korxonasi va barcha tsement ishlab chiqaruvchilarda zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatish va eskilarini almashtirish, havoga chang tashlash darajasi yuqori boʻlgan korxonalarda filtrlarni yangilash muhimligi taʼkidlandi.