Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Noqonuniy qurilgan inshootlar buziladimi?

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy va imoratlar ayovsiz buziladi! Koʻz yoshingiz yordam bermaydi! Javobgarlikka tortiladi! Hujjati yoʻq uylarga Kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin,…

Noqonuniy qurilgan inshootlar buziladimi?

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy va imoratlar ayovsiz buziladi! Koʻz yoshingiz yordam bermaydi! Javobgarlikka tortiladi!

Hujjati yoʻq uylarga Kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin, hududlarda yerlarni egallab tezkorlik bilan qurilish qilayotganlar uchrashi mumkin. Mazkur uy-joylarga ham egalik huquqi va kadastr hujjatlari qilib beriladimi? 

  • Haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalganidan keyin aholi oʻrtasida ularni “uddaburonlar”deb atasak boʻladi. Tezkorlik bilan imorat qurib olib, bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman deb oʻylab yurgan boʻlishlari mumkin. Ochigʻini aytganda ular xato qilishmoqda. 

Sababi, Kadastr agentligi tomonidan yerlarning holatini oʻrganish boʻyicha Kosmik sʼyomkalar, xaritalari bor. Ular yordamida 5-10 yil hatto 20 yil ortga qaytarib tekshirishimiz mumkin. Bu jarayonda insonlar oʻzlarini zarar berishlari mumkin. Birinchidan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchiligimizda Maʼmuriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan. Shuning uchun bunday toifadagi insonlar hozirgi kunda oʻzboshimchalik bilan imorat qurayotgan boʻlsa, oʻz-oʻzidan toʻxtatishlarini va yerni asl holatiga qaytarishlarini soʻraymiz.

Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari Neʼmat Atamurodov

Mavzuga oid