Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi jangi sanasi maʼlum qilindi. U oktagonda amerikalik raqib bilan toʻqnashadi
Oʻzbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Roʻziboyev 30 mart kuni amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi oktagonga koʻtariladi. Bu haqda “MMANews” xabar berdi. Xabarga koʻra, Roʻziboyev-Dyuma jang Amerikaning Atlantik-Siti shahri mezbonlik…
Oʻzbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Roʻziboyev 30 mart kuni amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi oktagonga koʻtariladi. Bu haqda “MMANews” xabar berdi.
Xabarga koʻra, Roʻziboyev-Dyuma jang Amerikaning Atlantik-Siti shahri mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turniri doirasida oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, Nuruslton Roʻziboyev hozirgacha UFC’da faqatgina 1 ta jang oʻtkazib, raqibidan ustun kelgan. 28 yoshli Dyuma esa tashkilotda 3 marta oktagonga koʻtarilib, 2 marta raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.