Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot favqulodda qoʻndirildi Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli Sankt-Peterburg…
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot favqulodda qoʻndirildi Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda…
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot favqulodda qoʻndirildi
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir boʻlgan. Gap shundaki, samolyot bortida boʻlgan 1991 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi janjal koʻtargan. Shu sababli Boeing 787 havo kemasi uchuvchisi muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qilgan. Bortdagi muammo haqida kompaniyaga radioaloqa orqali xabar berilgan. Janjal koʻtargan fuqaro esa politsiya xodimlari tomonidan samolyotdan tushirilgan.
Bildirilishicha, muammo hal qilingandan soʻng, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettirdi. HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi mahalliy vaqt bilan 13:00 ga belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, oldinroq Fargʻona aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Azimut” aviakompaniyasining Moskva – Fargʻona reysi Namangandagi muqobil aerodromga yoʻl olgandi.