Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Odam (chaqaloq) savdosiga qarshi kurashish

Bugungi kunga kelib odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga huruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, koʻpchilikni tashkil etadi. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har…

Bugungi kunga kelib odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga huruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, koʻpchilikni tashkil etadi. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlat rivojiga jiddiy xavf solmoqda. Ular orasida, ayniqsa chaqaloq savdosidek ogʻir jinoyat inson taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch koʻrinishga ega ekanligini alohida taʼkidlash lozim.
Bugungi kunda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar kamaygan boʻlsa-da, bu yoʻnalishda sodir etilgan umumiy jinoyatlar orasida chaqaloq savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar yuqoriligicha qolmoqda.
2020 yilda respublika miqiyosida chaqaloq savdosi jinoyatlarining aksariyati bevosita chaqaloqning onasi tomonidan sodir etilgani, jinoyatlarning 12,2 foizi esa chaqaloqning tugʻilishida ishtirok etgan tibbiy xodimlar vositachiligida amalga oshirilayotganligi juda achinarli.
Shuningdek, chaqaloq savdosiga oid jinoyat sodir qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismining
“a” bandi boʻyicha javobgarlik belgilanib, ushbu modda sanktsiyasida sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, odam savdosi, uning insoniy huquq va erkinliklarini gʻayriqonuniy va axloqiy ravishda aynan inson tomonidan kamsitilishi, yoʻqqa chiqarilishi- kechirib boʻlmas jinoyatdir.

Abbos Raxmatov,
Jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining raisi

Mavzuga oid