Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

ODAM SAVDOSI-ASR MUAMMOSI

Afsuski, dunyo boʻylab shuncha keng qamrovli faoliyat, tegishli targʻibot-tashviqot olib borilishiga qaramay har yili millionlab insonlar “zamonaviy qullik”, yaʼni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, keksalar…

Afsuski, dunyo boʻylab shuncha keng qamrovli faoliyat, tegishli targʻibot-tashviqot olib borilishiga qaramay har yili millionlab insonlar “zamonaviy qullik”, yaʼni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, keksalar hatto yosh bolalar ham borligi achinarli. Jumladan, 2021 yil 28 aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Uchquduq tuman sudi tomonidan, fuqaro D.K gʻarazli va boshqa past niyatlarda moddiy boylik orttirish maqsadida 2021 yil 26 aprel kuni soat 1830larda Uchquduq tumani “Doʻstlik” mahallasi hududidagi “Aslon bobo” nomli choyxonada Uchquduq tuman IIB JQB, DXX Uchquduq shahar boʻlimi va Departamentning Uchquduq tuman boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirga shartli xaridor sifatida jalb qilingan S.Nga 24.08.2018 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan farzandi K.Fni 60.000.000 soʻmga sotishga kelishib, kelishilgan pullarni olib, F.Kni oʻn sakkiz yosh toʻlmaganligini oʻziga ayon boʻlgan xolda sotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, 60.000.000 soʻm pullar va D.Bekmatova tomonidan farzandini oʻz ixtiyori bilan sotganligi haqida yozgan tilxati daliliy ashyolar sifatida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan, D.Kga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma sud tomonidan koʻrib chiqilib unga “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirgi kunda D.K ushbu jinoiy harakatlari bilan JKning 135-moddasi 3-qismining “a” bandida koʻrsatilgan jinoyatni qasddan sodir qilganligi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Xulosa qilib aytganda, odam savdosining har qanday koʻrinishiga qarshi kurashish xalqaro va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv va oʻzaro hamkorlikka asoslansa yaxshi samara berishi mumkin. Zero, odam savdosi, uning insoniy huquq va erkinliklarini gʻayriqonuniy va gʻayri axloqiy ravishda aynan inson tomonidan kamsitilishi, yoʻqqa chiqarilishi- kechirib boʻlmas jinoyat, ogʻir gunoh!

Akmal Kurbonov

Jinoyat ishlari boʻyicha Uchquduq tuman sudi raisi

Mavzuga oid