ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI
Davlatimiz Mustaqillika erishganidan soʻng xorijiy yurtlarga yoʻllar ochildi. Bu tijorat, savdo-sotiq, mamlakatlar rivoji uchun ochilgan xayrli yoʻllardir. Bu yoʻllardan oʻz maqsadi, gʻarazli manfaati yoʻlida foydalanayotgan…
Davlatimiz Mustaqillika erishganidan soʻng xorijiy yurtlarga yoʻllar ochildi. Bu tijorat, savdo-sotiq, mamlakatlar rivoji uchun ochilgan xayrli yoʻllardir. Bu yoʻllardan oʻz maqsadi, gʻarazli manfaati yoʻlida foydalanayotgan kimsalar ham uchrab turishi hech kimga sir emas.
Rivojlangan davlatlarga borib, yengil yoʻl bilan katta-katta pul topish ilinjida oʻzining iflos maqsadlarini amalga oshirish uchun sodda, ishonuvchan odamlarni aldab, ularning pasportini olib qoʻyib, birovlarga sotib yuborishlari yoki ularni qulday ishlatib, pul bermasliklari, jamiyat gul toji boʻlmish ayollarni esa fohishalika undashlari afsuski jamiyatimizning ogʻriqli nuqtalaridan biri boʻlib kelyapti.
Bu – odam savdosidir.
Odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni anglatadi.
Butun dunyoni tashvishga solayotgan odam savdosiga qarshi kurashish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1949 yil 2 dekabrda qabul qilingan “Odam savdosi va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Konventsiya (Oʻzbekiston Respublikasida 2003 yil 12 dekabr kunida ratifikatsiya qilingan boʻlib, 2004 yil 27 mayda kuchga kirgan), 1948 yildagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umum jahon deklaratsiyasi”, 1956 yildagi “Qullik va qul savdosini, qullika oʻxshash institutlar va odatlarni bekor qilish toʻgʻrisida”gi koʻshimcha Konventsiya, 1953 yildagi “Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish boʻyicha” Yevropa Konventsiyasi, 1981 yildagi “Xotin-Qizlar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida”gi xalqaro Konventsiyasi, 2008 yildagi Yevropa Kengashining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Konventsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ-154-son 17.04.2008) va “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5775-son 30.07.2019) qabul qilingan boʻlib, mazkur qonunlar odam savdosinining qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy yordam koʻrsatishdan iboratdir.
Oʻzbeksiton Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid koʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari Odam savdosidan jabrlaganlarga shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, yuridik va boshqa xil yordam berish, ularning xavfsizligini taʼminlash, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, oldini olish va ularga chek qoʻyish amaliyotini vazifa qilib koʻydi.
Bundan tashqari mazkur qonunlar bilan davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligi va bahamjihat ishlashlarini taʼminlash maqsadida ularning odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun daavlat organlarining rahbarlari va jamoatchilik vakillarining odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari boʻyicha brifinglar, internet-konferentsiyalar, televizion koʻrsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini taʼminlashini vazifa qilib qoʻydi.
Oʻzbekiston Respublika Jinoyat Kodeksining 135-moddasiga bionoan Odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilganlik uchun – uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
135-moddasining 2 qismida koʻrsatilgan harakatlar uchun — sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xususan, 2019 yilda Buxoro viloyatida 9 ta shaxsga nisbatan 11 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan bulsa, 2020 yil birinchi yarim yilligiga kelib
1 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bu natija mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qilinalayotgan profilaktika ishlari hamda qonun ustuvorligidan darak beradi.
Bugungi kunda yoshlarimizga katta sharoitlar yaratilib, xorijiy mamlakatlarga borib ishlashlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va Mehnat Vazirligi tarkibida migratsiya agentligi tashkil qilingan.
Oʻzbekiston fuqarolari ayniqsa, yoshlarimiz xorijiy yurtlarga borib ishlashlari uchun ushbu agentlikka murojaat qilishlari lozim.
Ogoh boʻling! Firibgarlarga aldanib qolmang!
Otabek Karimov, Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziriq tuman sudining raisi
Sherali Qodirov, Jinoyat ishlari boʻyicha
Boysun tuman sudining devonxona mudiri