Odam savdosiga va uning turkumiga kiruvchi jinoyatlarning tahlili
Odam savdosi–kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni…
Odam savdosi–kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka oʻxshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olishni anglatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik. Farmonga muvofiq odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilgan boʻlib, komissiya tomonidan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining yigʻilishlari davom etib kelmoqda, joriy yilning 1-choragi davomida respublikada odam savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda kichik komissiya faoliyatini yaxshilash borasida bir qator amaliy va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilganligini qayd etdi.
Jumladan milliy qonunchilikni takomillashtirish yoʻnalishida odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish ularni ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuviga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 fevraldagi 60-son qarori qabul qilindi. Kichik komissiya tomonidan 2021yil 12 martda IIV Malaka oshirish institutida nodavlat-notijorat tashkilotlar va Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish Respublika reabilitatsiya markazi vakillari ishtirokida odam savdosidan jabrlangan yoki jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisida oʻquv-seminari tashkil etilib mavjud muammolar va kamchiliklar muhokama qilinib kelinmoqda. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 martdagi PF-6195-son Farmoni asosida tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etilib odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi uning tarkibiga oʻtkazilganligi, shuningdek agentlikning odam savdosi jabrdiydalariga yordam berishni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻlimi faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini bildirdi, aholini odam savdosining salbiy omillari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish yuzasidan odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini aholi orasida ayniqsa yoshlarga tushuntirish maqsadida jami 6259 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaning oldini olish boyicha tuman, shaharlarda, shuningdek aeroport vokzal va chegara nazorat oʻtkazish maskanlarida risola, buklet, tavsiyanoma, broshyura, plakat, va boshqa materiallar tarqatildi. Hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan uzoq muddat xorijda boʻlib qaytgan fuqarolardan 49677 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib koʻrik natijasida 3084 nafarida turli somatik kasalliklar aniqlanib, ularni 2881 nafari ambulator va 196 nafari statsionar sharoitda sogʻlomlashtirildi, shu bilan birgalikda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlar davomida 50967 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlanib, 16962 nafari kasb-hunarga oʻqitildi 12 1493 nafari tadbirkorlikka jalb etildi shuningdek yoshlar bilan odam savdosiga qarshi kurashish sohasida 693 dan ortiq loyihalarda 140 1492 nafar yoshlar ishtirok etganligi qayd etildi. 2021 yilning birinchi choragi mobaynida respublikamiz huquq-tartibot idoralari tomonidan odam savdosi va uning turkumiga kiruvchi jami 435 ta jinoyatlar aniqlangan boʻlib ularning 42 tasi odam savdosi jinoyatlarini (shundan 24 tasi shahvoniy, 2 tasi mehnat ekspluatatsiyasi va 16 tasi chaqaloq savdosi) tashkil etdi va mazkur jinoyatlarni aniqlash oʻtgan yilga (30ta) nisbatan 40 foizga yaxshilanganligini bildirib oʻtdi. Biroq amalga oshirilgan ijobiy ishlarga qaramasdan ayrim hududlarda mazkur turdagi jinoyatlarni aniqlash va oʻtkazilgan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar talab darajasida tashkil etilayotganligi alohida qayd etildi. Jumladan Sirdaryo, Fargʻona, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida oʻtgan davrda ikkitadan Jizzax viloyatiga atigi bitta odam savdosi jinoyatlari aniqlangan boʻlsa, Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2021 birinchi yilning 1-choragi mobaynida odam savdosi jinoyatlari umuman aniqlanmagan. Tahlillarga koʻra aniqlangan odam savdosi jinoyatlarda 55 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlib ularning 43 nafari yoki 78.2 foizi ayollar ekanligini, joylarda hududiy komissiyalar tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiylashuvini taʼminlash borasidagi ishlari yetarli emasligi tanqid ostiga olingan, aniqlangan jinoyatlarda 51 nafar shaxslar jabirlanib, shundan 29 nafar ayollar shahvoniy maqsadlarda (3 nafari voyaga yetmagan) 11 nafar erkak mehnat ekspluatatsiyasi va 11 nafar voyaga yetmaganlardan (chaqaloq) foydalanganligi, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan odam savdosidan jabrlangan shaxslarning deyarli yarmi yoki ikki nafari ijtimoiylashuvi taʼminlanmoqda. Shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya” tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bunday jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, majburiy mehnatga barham berishda, yurtimizda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar maʼlumot berib oʻtildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha
Angor tuman sudi raisi Kamoliddin Xidirov