“Ogʻir tan jarohati olgan”. Fargʻonada YTH sodir etgan Tahoe haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi ochildi
14 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Margʻilon shahrida Tahoe va Tico mashinalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati xabar…
14 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Margʻilon shahrida Tahoe va Tico mashinalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 13:00 lar chamasida Margʻilon shahar A.Yassaviy-Tinchlik koʻchalari kesishgan chorrahasi avtomabil yoʻlida fuqaro M.Yu “CHEVROLET TAHOE-2” avtomashinasini boshqarib ketayotib, oʻziga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib, ushbu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.T. boshqaruvidagi “TISO” rusumli avtomashinaga urilib, yoʻl ulov hodisasini sodir etgan.
Natijada “TISO” rusumli avtomashina haydovchisi S.T. tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga murojaat qilgan.
Margʻilon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorining bergan maʼlumotnomasiga koʻra, S.T. da ogʻir tan jarohati – bosh miya chayqalishi, bosh miya travmasi, chap oyoq sinishi va boshqa jarohatlari borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.